Breaking News

Dunyoda koronavirus yuqtirish hollari ko'paymoqda


So’nggi kunlarda dunyo bo’ylab koronavirus tez tarqalayotgani aytilmoqda. Shu ongacha 38 milliondan ziyod odamda virus aniqlangan bo’lsa, o’lganlar soni bir million bir yuz mingga yaqinlashmoqda.

Xalqaro hayot – 15-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:45 0:00

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti pandemiyaning mamlakatlar siyosatiga qarab turli mamlakatda turlicha darajada ekanini bildirmoqda.

“O’tgan hafta dunyo bo’ylab qayd etilgan barcha holatlarning salkam 70 foizi 10 mamlakat, deyarli yarmi uch mamlakat ulushiga to’g’ri keladi”, - deydi tashkilot rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus.

Bu uch mamlakat AQSh, Hindiston va Braziliyadir.

Gebreyesus virus tarqalishiga yo’l berish orqali kollektiv immunitetga erishishga qaratilgan takliflarni qo’llab-quvvatlamasligini aytdi.

“Virusga qarshi kollektiv immunitet aholining ma’lum qismi emlanganidagina hosil bo’ladi. Qizamiq misolida aholining 95 foizi emlangan bo’lishi kerak, poliomiyelitda esa 80 foizi. Kollektiv immunitetga odamlarni virusga chalintirib emas, undan himoya qilish orqali erishish mumkin”, - dedi mutaxassis.

Bu o’rtada koronavirus holatlari bo’yicha dunyodagi peshqadam mamlakat AQShda 3-noyabrda bo’ladigan prezident saylovlaridan oldin asosiy nomzodlar Donald Tramp va Jo Bayden shtatma-shtat yurib, saylovchilar bilan uchrashmoqda. Demokratlardan nomzod amaldagi prezidentning koronavirusga qarshi siyosatini tanqid qilmoqda.

“Donald Trampning tartibsiz rahbarligi natijasida mamlakatda 215 ming odam COVID-19 dan o’ldi va o’lishda davom etmoqda”, - dedi Jo Bayden.

Tramp virusni yengishga so’z bermoqda.

“Virusga qarshi kurashyapmiz. Iqtisodiyotni tiklab, mamlakatni radikal so’lchilardan qutqarishga harakat qilyapman”, - dedi u.

AQShdagi bir nechta kompaniya koronavirusga qarshi vaksina yaratish ustida ishlarkan, “Jonson va Jonson” kompaniyasi vaksina sinovida qatnashayotgan ko’ngillilardan birining mavhum kasalikka uchrashi ketidan sinovda tanaffus e’lon qildi.

Bugun ma’lum qilinishicha, Donald Tramp va rafiqasi ketidan ularning 14 yashar o’g’li Barronda ham koronavirus aniqlangan. Bu haqda AQSh Birinchi xonimi Melaniya Tramp ma’lum qildi. Unga ko’ra, kasallik o’g’lida alomatsiz o’tgan va eng so’nggi test salbiy natija bergan.

Melaniya uning o’zida kasallik tana va bosh og’rig’i, yo’tal, charchoq alomatlari bilan o’tganini ta’rifladi. Tramp esa uch kun harbiy kasalxonada davolandi.

Bu o’rtada AQSh Kongressining Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Oq uyning koronavirusdan zarar ko’rgan aholi va kompaniyalarga moliyaviy yordam berishga qaratilgan 1,8 trillion dollarlik yordam paketini qabul qilishdan bosh tortdi. Mavhumlik qimmatbaho qog’ozlar bozoriga salbiy ta’sir qilyapti.

“Sarmoyadorlar Vashingtondagi siyosatchilarning yordamga muhtoj aholi va kichik bizneslarga saylovdan oldin yengillik bera olmayotganidan xunob deb o’ylayman”, - deydi moliyachi Rendi Uots.

Fransiyada koronavirus yuqtirish holatlari keskin ko’payishi ketidan Prezident Emmanuel Makron poytaxt Parij va boshqa shaharlarda tungi komendant soati joriy etdi. Ispaniyada ham vaziyat yomonlashmoqda, kasalxonalarda tibbiy xizmatchilar orasida ruhiy charchoqlik kuchaymoqda.

Britaniyada ham virus yangidan tarqalyapti. London meri karantin kuchaytirilishi haqida ogohlantirdi.

“Virusga uchrash hollari, test topshirgan odamlar orasida ijobiy natija darajasi, kasalxonalarga yotqizish sur’ati, keksalar orasida virus tarqalish darajasining oshib borayotgani siyosatimizning noto’g’riligidan darakdir”, - dedi Sodiq Xon.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG