Breaking News

Yevropa koronavirusning ikkinchi to'lqinidan xavotirda


Yevropada koronavirusning ikkinchi to’lqinidan xavotirlangan ayrim mamlakatlar karantin choralarini qaytadan joriy etmoqda.

Xalqaro hayot – 4-avgust, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:41 0:00

“Eski holatga qaytishimiz mumkinligi odamni qo’rqityapti. Boshida virus tarqalishiga qarshi yaxshi kurashdik. Hozir nima bo’layotganini bilmayman”, - deydi Ispaniyaning Kataloniya mintaqasida yashovchi Emma Gaya.

Kataloniyada virus bilan kasallanish holatlari yangidan avj olmoqda. Qit’adagi ayrim mamlakatlar Ispaniyadan kelayotgan sayyohlarni karantinga qo’ymoqda.

Belgiya va Lyuksemburgda ham virus yana bo’y cho’zmoqda. Epidemiya markazida Belgiyaning Antverpen shahri.

“Yoshim ulug’, xavotirdaman”, - deydi shaharliklardan biri.

“Odamlar ko’chaga chiqishga qo’rqib qoldi”, - deydi yana bir antverpenlik.

Mahalliy rasmiylarning bildirishicha, markaziy hukumat Antverpen kabi virus o’choqlariga ko’z yumib karantinni erta bekor qildi.

“Agar ijtimoiy masofa saqlanmasa, infeksiya tez tarqaladi. Uni nazoratga olish uchun yangidan jiddiy choralar joriy etish kerak”, - deydi Antverpen universitetining vaksinologiya professori Pyer Van Dam.

Britaniya shimoldagi hududlarda ayrim choralarni qaytadan joriy etdi. Ichkarida tadbirlar o’tkazish man qilindi. Virus bilan kasallanish sur’ati oshar ekan, Britaniyada har kuni 5000 ga yaqin odamda koronavirus aniqlanmoqda.

“Erta harakat qilish o’ta muhimdir. Agar mamlakatlar virus kuchayayotganiga e’tibor berib, karantinni ushlab tursa, virus tarqalishini sekinlashtirish uchun zarur choralar qo’llab tursa, uni nazoratda ushlab tursa bo’ladi”, - deydi Oksford universitetidan tibbiy mutaxassis Piter Drobak.

Britaniyada karantinni yumshatish rejasini kechiktirishga qaror qilindi. Kinoteatrlar hozircha ochilmaydigan bo’ldi.

“Biz uchun qadrli bo’lgan ayrim narsalardan voz kechib turishga to’g’ri keladi. Agar farzandlarimizning sentabrda maktabga qaytishini xohlasak, odamlar pablar yoki restoranlarga bormay turishi kerak”, - deydi Drobak.

Gretsiya va Italiyada virus yuqtirish sur’ati hozircha past, sayyohlarga yo’l ochilgan.

“Koronavirus bilan ishimiz yo’q. Dam olgimiz kelyapti”, - deydi gretsiyalik Tanassis Yanellis.

Germaniyada kasallar ko’paymoqda, shunga qaramay o’tgan shanba 20 ming odam Berlinda to’planib, karantinga qarshi namoyish qildi. Namoyish tashkilotchilari gigiyena va ijtimoiy masofa qoidalarini buzganliklari uchun javobgarlikka tortilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG