Breaking News

Germaniyada maktablar ochilmoqda


Germaniyada koronavirus epidemiyasining ikkinchi to’lqini boshlanishi bilan bog’liq xavotirlarga qaramay, poytaxt Berlinda maktablar ochilgan. Korridorlarda niqobda yurish buyurilgan, ammo dars paytida yoki o’yin maydonchalarida niqob taqish shart emas.

Maktablarda jismoniy mashg’ulotlar, musiqa va teatr to’garaklari ma’lum cheklovlar va qoidalar bilan o’tkaziladi. Masalan, xor ishtirokchilari o’rtasidagi masofa kamida ikki metr bo’lishi kerak.

Mamlakatning yana bir necha viloyatlarida ham maktablar ochilmoqda. Koronavirusga doir qoidalarni har bir viloyatning o’zi belgilaydi. Masalan, Shimoliy Rayn-Vestfaliyada dars paytida ham niqob taqish majburiy.

Maktablarning ochilishini ba’zilar xavotir bilan kuzatmoqda. Ayrimlar virus yangidan avj olishini taxmin qilyapti. Maktablarni ochish haqida o’ylanayotgan mamlakatlar Germaniya tajribasiga diqqat bilan e’tibor berib, xulosa qilishi aytilmoqda.

Germaniyada 217 mingdan oshiq odamda koronavirus aniqlangan, 9260 odam o'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG