Breaking News

Hindistonda 3 haftalik karantin e’lon qilindi


1,4 milliard odam yashovchi Hindistonda ham koronavirusga qarshi preventiv choralar kuchga kirdi. Mamlakat bo’ylab ko’chalar bo’shab qoldi, uch haftalik karantin e’lon qilindi.

“Hindistonni, hind fuqarolarini, oilangizni asrash uchun odamlarning uydan chiqishiga to’liq taqiq qo’yildi”, - dedi Bosh vazir Narendra Modi.

Epidemiolog Jennifer Nuzzoning aytishicha, nafaqat ijtimoiy masofa muhim, balki virusni aniqlash uchun zarur ko’rik va kasal bilan aloqada bo’lganlarni aniqlash ham ahamiyatga ega.

“Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, barcha choralarni bir paytda amalga oshirish zarur”, - deydi mutaxassis.

Ayrim hindistonliklar yangi qoidadan xursand emas. Cheklovlar jamiyatning quyi tabaqasiga ayniqsa og’ir keladi.

“Menga o’xshab o’rtacha pul topadiganlar bir amallab chidar, ammo kundalik daromadga qarab qolgan odamlarning, kambag’allarning holi nima kechadi?” – deydi Raju Das ismli farmatsevt.

Yangi tartibni nazorat qilish uchun politsiya kuchlari safarbar etilgan. Qoidabuzarlarga qamoq jazosi va katta jarima belgilangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG