Breaking News

Ayrim mamlakatlarda koronavirus cheklovlari bekor qilinmoqda


Italiya
Italiya

Oylab karantinda o’tirgan italiyaliklar hukumatning cheklovlarni tugatish qarorini olqishlamoqda. Ko’plar sevimli kafesida o’tirib qahva ichish kabi oddiy quvonchdan mahrum bo’lgan edi.

Xalqaro hayot – 2-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:26 0:00

"Bir chashka qahva insonga osudalikda yashash hissini bag’ishlaydi”, - deydi rimlik Paolo Leoni.

"Pandemiyadan keyingi birinchi qahvani maza qilib ichyapmiz. Hammada ham shunday bo’ladi degan umiddaman. Bu an’anani ancha sog’inib qolgan edik”, - deydi uning Izabella Petrungaro ismli hamshahri.

Italiya COVID-19 keng tarqalgan mamlakatlardan bo’lib, yil davomida cheklovlar bir necha bor joriy etilib, bekor qilindi.

"To’rt oylik tanaffusdan so’ng kafe yana odamlarga to’lmoqda. Bundan xursandman”, - deydi “Toraldo” kafesi egasi Alessandro Rappini.

Italiyada 4,2 million odamda koronavirus qayd etilgan, biroq muvaffaqiyatli emlanish kampaniyasi tufayli kasallanish hollari ancha kamaygan.

Germaniyada esa koronavirus xavfi darajasi bir pog’onaga tushirildi – eng yuqoridan yuqoriga. Biroq, deydi rasmiylar, bu pandemiya tugadi degani emas.

"Bu shunchaki pandemiyaning ikkinchi va uchinchi to’lqinlaridan eson-omon o’tib oldik degani. Virus yuqtirish ancha kamaygan. Ammo xavf darajasining yuqori ekani ehtiyot bo’lmasak, virus juda tez tarqalib ketishi mumkinligiga ishora qiladi”, - deydi Germaniya Sog’liqni saqlash vaziri Yens Span.

Yangi kasallar miqdori mamlakat bo’ylab 100 ming odamga 30 taga tushgan hozir.

Bu o’rtada Isroil hukumati pandemiya bilan bog’liq deyarli barcha cheklovlarni hamda jamoat joylariga kirish uchun emlanish haqidagi hujjatni ko’rsatish talabini bekor qildi.

“Karantinlar, lokdaunlar, barcha cheklovlardan so’ng Isroilda hamma narsa ochilyapti, barcha faoliyat tiklanmoqda”, - deydi Sog’liqni saqlash vaziriligi bosh direktori Xezi Levi.

Isroilda 9,3 million aholining yarmidan ko’pi emlanib bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG