Breaking News

Roxinjalik qochqinlar koronavirus tahdidi bilan yuzlashmoqda


Bangladesh janubida yuz minglab roxinjalik qochqinlar bilan ishlayotgan gumanitar yordam tashkilotlari vakillari qochqinlar lagerlarida koronavirus epidemiyasi kuchayishidan xavotirda.

“Lagerlardagi ahvol koronavirus tarqalishi uchun qulay muhitdir. Lagerlarda haddan ziyod odam yashaydi, gigiyena qoidalariga rioya qilinmaydi”, - deydi “Bolalalarni asrang” tashkilotidan Afina Reyburn.

So’nggi bir necha oyda lagerlarda 5 ta izolyatsiya va muolaja markazi ochilgan.

Iyul oyigacha 1100 dan ortiq bemorga yotoq tashkillashtirilishi aytilmoqda, biroq virusning tez tarqalishini hisobga olganda bu yetarli bo’lmasligi mumkin.

“Barcha bemorlarga yordam bera olmasligimiz mumkin degan xavotir bor”, - deydi Jahon sog’liqni saqlash tashkilotidan Kay fon Xarbo.

Lagerlarda toza suv va sovun ta’minoti yaxshilangan, biroq qochqinlar suv nasoslari va tualetdagi suvdan foydalanishda davom etmoqda.

“Qo’lni yuvish uchun uydagi idishni suvga to’ldirmoqchi bo’lib nasos stansiyasiga borishadi. Ammo bungacha kimdir qo’liga yo’talib, nasosga shu qo’llari bilan tekkan bo’lishi mumkin”, - deydi “Chegara bilmas shifokorlar” tashkilotidan Pol Brokmen.

Shifokorlar, hamshiralar, boshqa tibbiy xizmatchilar uchun shaxsiy himoya vositalarining yetishmasligi natijasida lager atrofi va ichidagi tibbiy markazlar yopilishi mumkin.

“Agar bu joylarda xodimlar salomatligi va xavfsizligini ta’minlay olmasak, ish to’xtab qoladi”, - deydi Brokmen.

Roxinjalik qochqinlarning aksariyati Bangladeshning Koks-Bazar shahridagi lagerlarda yashaydi. Lagerlar atrofida yashovchi bangladeshliklar ham virus yuqtirish xavfi bilan yuzlashmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG