Breaking News

Tolibon Afg’onistonda koronavirusga qarshi kampaniya olib bormoqda


Tolibon harakati Afg’onistonning Nangarhor viloyati Sherzod tumanida aholi orasida koronavirus haqida tushuntirish ishlari olib bormoqda.

Tolibon shifokorlari odamlarga niqoblar, sovun va qo’lqoplar tarqatib, himoya choralari xususida ma’lumot bergan.

Harakat vakillariga ko’ra, Tolibon nazoratidagi barcha hududlarda shunday kampaniya olib boriladi.

“Bozorlarda, masjidlarda, madrasalarda, ijtimoiy tadbirlar paytida tushuntirish ishlarini olib boramiz. Islomiy Amirlik nomidan aholiga himoya va profilaktika vositalari, varaqalar tarqatiladi”, - deydi jangarilardan biri.

Afg’onistonda koronavirusga qarshi samarali kurashish uchun xalq Tolibonning hukumat bilan sulhga kelishishini xohlaydi.

“Tushuntirish ishlarini olib borgandan ko’ra yaxshisi urushni to’xtatishsin”, - deydi nangarhorlik bir odam.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Afg’onistonda 170 odamda koronavirus borligi aniqlangan, shulardan 131 tasi Hirotda. So’nggi bir haftada viloyatda olti shifokorning ushbu kasallikka chalingani ham ma’lum bo’ldi.

Eronda 45 mingga yaqin odam kasal ekan, virus yuqtirishdan xavotirga tushgan afg’onlar qo’shni mamlakatdan qochmoqda. Kuniga 9000 dan ortiq afg’on Erondan chiqib ketyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG