Breaking News

Dunyo bo'ylab 48 milliondan ziyod odamda koronavirus aniqlangan


Dunyoda koronavirus bilan kasallangan odamlar soni rasman 48 milliondan oshdi, 1,2 milliondan ziyod odam o’lgan.

Xalqaro hayot – 4-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:16 0:00

AQSh bemorlar soni bo’yicha birinchi o’rinda – 9,7 million kasaldan salkam 239 ming nafari hayotdan ketgan. O’tgan bir kunda taxminan 95 ming odamda virus aniqlangan. Sovuq tushishi bilan vaziyat yomonlashishi taxmin qilinmoqda.

“Virusni yuqtirish sur’ati xavotir uyg’otmoqda. Bahorgi vaziyatga o’xshab ketyapti”, - deydi "Advocate Aurora Health" tibbiy muassasasidan yuqumli kasalliklar bo’yicha mutaxassis Robert Sitronberg.

Saylov kuni fuqarolar salomatligini saqlash maqsadida uchastkalarda xavfsizlik choralari ko’rilgan.

Prezident Tramp xavotirga o’rin yo’q, desa, Jo Bayden uning koronavirusga qarshi siyosatini tanqid qilmoqda.

Yuta universitetida bosh tibbiy mutaxassis Rassl Vinik malakali kadrlarga ehtiyoj katta ekanini aytadi.

“Yotoqlar ham, himoya vositalari ham yetarli. Koronavirus bemorlari bilan ishlovchi tajribali mutaxassislar yetishmayapti”, - deydi u.

Hindiston, Braziliya, Rossiyada ham ahvol yomonlashmoqda. Rossiyada har kuni 18 mingdan ziyod odamda virus aniqlanmoqda. Odamlarga jamoat joylarida niqob taqish buyurilgan, bar va restoranlarni erta yopish tavsiya qilinmoqda.

"Bahorgi karantinga qaytishni istamayman. Chunki bu iqtisodiyotga salbiy ta’sir qiladi. Ammo shu bilan birga ayrim qoidalarni tushunmayman. Restoranga niqob bilan kirasizu, ammo o’tirganda niqobni yechasiz. Xuddi virus qayergadir g’oyib bo’lganday”, - deydi Mariya Kanatova ismli moskvalik.

Parij maktablarining birida o’quvchilar sinflarni ikkiga bo’lishni talab qilib, maktabga kirishni to’sib qo’ydi. Politsiyani yordamga chaqirishga to’g’ri keldi.

"Sinflarimiz to’lgan. O’quvchilar yonma-yon o’tiradi. Partalarning joyini o’zgartirishdi, biroq bundan foyda yo’q. Baribir sinfda 30 kishimiz”, - deydi o’quvchilardan biri.

Prezident Emmanuel Makron juma kuni mamlakatda qayta karantin joriy etdi, ammo maktablarni yopmadi.

Ispaniyada ham vaziyat yomonlashmoqda, virusga chalinish keskin ko’paygan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG