Breaking News

AQShda COVID-19 dan o'layotganlar orasida ozchilikdagi irq va elat vakillari ko'p


Arxiv surat

AQShda shifokorlar tashkilotlari Tramp ma’muriyatini koronavirusdan o’lgan odamlarning irqiga doir ma’lumotni to’plashga chaqirmoqda. Shu kunga qadar olingan ma’lumotlarga ko’ra, kasallikdan o’lganlar orasida qora tanlilar juda ko’p.

Xalqaro hayot – 22-aprel, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:12 0:00

“Ba’zi shtatlarda bunga doir ma’lumotlarning bir qismi chop etildi. Kasalxonaga yotqizilganlar ham, kasalxonaga borib o’lganlar ham, asosan, afro-amerikaliklar”, - deydi Virjiniya universiteti olimi Tayson Bell.

Masalan, Luiziana shtatida qora tanlilar aholining uchdan birini tashkil etadi, koronavirusdan o’lganlarning 70 foizi ham afro-amerikaliklar.

Nyu-York shahar aholisining 29 foizi latinolardan iborat, COVID-19 kasalligidan o’lganlarning 34 foizi mana shu toifa vakillari hissasiga to’g’ri keladi.

AQShda ozchilikdagi irq va elatlar vakillari oq tanlilarga qaraganda kamroq daromad ko’radi, aksariyatida tibbiy sug’urtaga to’lashga pul yoq.

“Qora tanlilar orasida qon bosimi yuqori, yurak yetishmovchiligi bilan xasta odamlar ko’p. Astma ham qora tanlilar va latinolar orasida ko’p uchraydi. Irqiy ozchilikdagi barcha guruhlarda qand kasaliga uchrash hollari ancha ko’p, ba’zan oq tanlilarga qaraganda ikki baravar", - deydi Milliy salomatlik institutidan Elizeo Peres-Steybl.

Ijtimoiy masofani saqlash koronavirusning oldini oladi, ammo kam daromadli odamlar uchun bu qoidaga amal qilish qiyin.

“Uch bolani yolg’iz o’zi voyaga yetkazayotgan ona qanday qilib farzandlaridan o’zini izolyatsiya qilsin? Deylik, ona kasalxonada hamshira bo’lib ishlaydi va virusga chalindi. Darhol o’zini boshqalardan ajratishi kerak. Ammo buning iloji yo’q. Bolalarga kim qaraydi? Yoki sakkiz kishi yashovchi uch xonali uyda qanday qilib alohida yashash mumkin?” deydi doktor Peres-Steybl.

Organizm sog’lom bo’lsagina, virusga qarshi qattiq tura oladi.

“Agar sizda immunitetni tushiruvchi qand kasalligi bo’lsa, virusga chalinsangiz, oqibati yomon bo’ladi. Qon va ozuqa ishlab chiqarilishi uchun yurak urishi yaxshi bo’lishi kerak, biroq sizda yurak yetishmovchiligi bo’lsa va koronavirus bilan kasallansangiz, oqibati yaxshi bo’lishini kutmang”, - deydi Tayson Bell.

Unga ko’ra, vaziyatni o’zgartirish uchun kasallanganlar bo’yicha ma’lumotlarni to’plab, o’rganish lozim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG