Breaking News

Damashq alanga ichida, uyma-uy reydlar


Suriya armiyasi poytaxt Damashqni isyonchilardan tozalash uchun shaharga o’q yog’dirmoqda. Britaniyada asoslangan huquq markaziga ko’ra, Daraya va Muhammadiya tumanlari bombardimon qilinib, so’ngra zobitlar uyma-uy yurib isyonchilarni qidirgan.

Kecha Suriya bo’ylab taxminan 100 kishi halok bo’lgani aytiladi.

AQShning Washington Post nashrida yoritilishicha, poytaxt nazorati uchun kurash avjida. “Damashqda o’lganlarning aksariyati oddiy odamlar, bedarak ketganlarning jasadi ko’pincha qiynoq alomatlari bilan topiladi”, deb yozadi gazeta.

Qo’shni Livanda esa el orasida tanilgan sunniy shayx snayper tomonidan otib o’ldirilgach, Suriya borasida kelisha olmayotgan guruhlar to'qnasha ketdi.

Prezident Bashar al-Assad alaviylardan, unga qarshi kurashayotganlar esa asosan sunniy musulmonlar. Livanning bu ikka mazhab vakillari yonma-yon yashaydigan mahallalarida keskinlik oshib borayotgani kuzatiladi.

Ayni paytda AQSh, Britaniya va Fransiya Suriya uzra harbiy parvozlarni qisman bo’lsa-da taqiqlash masalasini muhokama qilayapti. Assadning eng yaqin ittifoqchisi Rossiyaning ishontirib aytishicha, Suriyaning kimyoviy qurollari hukumat nazoratida va urushda ishlatilmaydi.

Mamlakatga ruxsatsiz kirib, vaziyatni yoritayotgan xorijiy muxbirlar bor. Shulardan biri Ostin Tays Damashqdan bevosita reportajlar tayyorlab, xorijga uzatib kelayotgan edi. Undan bir haftadan beri darak yo’q, deydi oila a’zolari.

XS
SM
MD
LG