Breaking News

Dunyo Darfur mojarosini unutdi, deydi faollar


Sudanning Darfur mintaqasida urush ro’y berganiga 10 yil to’lmoqda. Insonparvarlik tashkilotlariga ko’ra, xalqaro hamjamiyat bu mojaro va millionlab qochqinlar haqida unutdi hisob. Bugun barchaning e’tiborida arab bahori.
Darfur - unutilgan mojaro/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:04 0:00
Yuklab oling

Darfurdagi urush 300 ming kishining boshini yedi, aksariyati tinch aholi. Ikki million odam uy-joyini tashlab ketgan.

Abakar Adam 2003-yildan buyon al-Fashir shahridagi qochqinlar lagerida yashaydi.

“Tinchlik bo’lsa bir kuni uyga qaytaman, albatta. Lekin avvalo qurol ko’tarib yurganlarni uni tashlashga ko’ndirish kerak”, - deydi Adam.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar agentligi vakili Andrey Mahechich so’zlariga ko’ra, Darfurni hozir hech kim eslamay qo’ygan.

“Dunyo va, xususan, donorlarni ko’pincha hozir ro’y berayotgan mojarolar qiziqtiradi. Lekin haqiqat shuki, Darfur muammosi hal etilmagan, ehtiyojlar o’sha-o’sha”, - deydi BMT xodimi.

2003-yilning fevralida Sudan hukumati tomonidan quvvatlangan janjavid jangarilari isyonchi guruhlarga hujum qilgani urushga turtki bergan edi. Sudan prezidenti Umar al-Bashir insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanadi. Xalqaro jinoiy sud uni hibsga olish to’g’risida qaror chiqargan. Al-Bashir ayblovni rad etadi.

Mo’jaro ikkinchi o’n yillikka kirar ekan, Qo’shma Shtatlar effektiv siyosiy yechim kerakligini bayon qilib keladi.

Qochqinlar agentligi vakili Andrey Mahechichning aytishicha, mintaqadagi so’nggi zo’ravonliklar oqibatida yana 100 ming odam uyini tashlab ketgan. Ammo Darfur g’arbi nisbatan tinch, 2011-yildan beri qariyb 250 ming kishi qishlog’iga qaytgan.

Patrisiya Parkerning xayriya tashkiloti Afrikaning olis qishloqlarida suv quduqlari qaziydi, oilalarga echki va eshaklarni ijaraga beradi. Uning aytishicha, so’nggi yillarda xayr-ehson juda kamayib ketdi.

“Darfur axborot vositalarida yoritilmayotgan bo’lsa, demak hammasi joyida deb o’ylaymiz. Dunyoda qaynoq nuqtalar kammi bugun, hammaning diqqati o’sha joylarda. Fojia shundaki, Darfurda oilalar bir burda nonga zor, yo’qchilik keng tarqalgan”, - deydi Parker.

Yuqori inflyatsiya oilalar daromadini 50 foizga kamaytirgan, tirikchilik - azob.

“Urushning ko’zga ko’rinmas taraflari bor. Masalan, yaqinda atigi ikki ming aholi yashaydigan kichik bir qishloqda 50 go’dak ocharchilikdan nobud bo’lgan. Bezgak va boshqa kasalliklarni gapirmasa ham bo’ladi”, - deydi xayriya tashkiloti direktori.

Darfurning 10 yilligida ham, deydi faollar, mintaqa aholisi azob-uqubatda hayot kechiryapti. Ko’zga ko’rinmaydigan va unutilgan mojaro.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG