Breaking News

Davos forumida Ukraina, salomatlik, oziq-ovqat inqirozi muhokamada


Shveysariyaning Davos shahrida o’tayotgan yillik xalqaro forumda Ukraina markaziy mavzulardan. Bu mamlakat Davosga yirik delegatsiya yuborgan.

Xalqaro hayot - 24-may, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:33 0:00

"Bir narsa tushunishingizni xohlaymiz. Biz sizlarni himoya qilyapmiz. Har biringizni. Qadriyatlar uchun kurashyapmiz. Ayni demokratik qadriyatlar uchun”, - dedi Kiyev hokimi Vitaliy Klichko.

Anjuman ishtirokchilariga virtual murojaat qilgan Prezident Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan barcha turdagi iqtisodiy hamkorlikdan voz kechishga chaqirdi.

Ukraina delegatsiyasi Davosda iliq kutib olingan bo’lsa-da, ularning bu talabini bajarish oson bo’lmaydi.

Germaniya, Vengriya hamda Rossiyaga boshqa turdagi ko’plab sanksiyalarni qo’llab-quvvatlagan Yevropaning qator mamlakatlari Rossiyadan gaz va neft xarid qilishda davom etmoqda.

Germaniya Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek bunday davlatlarni Rossiya yoqilg’isiga tobelikdan qutulishga chaqirdi.

G’arb kompaniyalari Rossiyani yakkalatish tez bo’lmasligiga ishora qilmoqda.

“Bu jangda biz to’liq qatnasha olmaymiz, ammo qo’ldan kelgancha harakat qilamiz. Ukrainaliklar biz uchun, qadriyatlarimiz va hayotimiz uchun jang qilayotganini ko’rib, o’zimizni bir oz ojizdek his qilyapmiz”, - deydi Niderlandiyaning “Makkenzi end kompani” shirkatidan Sven Smit.

2000 nafar delegat orasida Rossiyadan bu yili hech kim yo’q. Aksariyat ishtirokchilar bu mamlakatning Ukrainadagi urushini qoraladi.

Forumda boshqa masalalar ham muhokama etilmoqda.

Koronavirus pandemiyasidan zarar ko’rgan sog’liqni saqlash tizimini tiklash maqsadida tashkil etilgan OITS, bezgak va silga qarshi kurash global jamg’armasi keyingi 4 yilda o’z faoliyati uchun zarur 18 milliard dollar ko’tarishni maqsad qilgan.

Bir necha mamlakat va kompaniya Davosda bu pulning uchdan birini xayriya qilishga va’da berdi. Pulning katta qismi AQShdan tushadi. Prezident Jo Bayden yaqinda global salomatlikka doir xalqaro anjumanga mezbonlik qilishi kutilmoqda.

Jamg’arma rahbari Piter Sendsning aytishicha, pandemiya oqibatida dunyo bo’ylab sil, bezgak va OITSga qarshi kurash sekinlashdi, test salohiyati zaiflashdi.


Davos anjumani ishtirokchilari oziq-ovqat kamomadi yuzasidan ham xavotir bildirgan.

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Leyenning aytishicha, Rossiya oziq-ovqat ta’minotidan qurol sifatida foydalanmoqda.

"Ukrainaning Rossiya istilosidagi hududlarida bug’doy va qishloq xo’jaligi texnikasi olib qo’yilmoqda. Rus kemalari Qora dengizda bug’doy va kungaboqar urug'i ortilgan ukrain kemalari yo’lini to’sgan”, - deydi u.

Kreml nazarida esa global oziq-ovqat inqiroziga G’arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari sabab bo’lmoqda.

Rossiya-Ukraina urushida Kiyev tarafini olayotgan fon der Leyen Ukraina Moskva ustidan g’alaba qilishi kerak, dedi.

Yevropa Ittifoqi Afrikada ochlik yuzaga kelsa, millionlab migrantlar Yevropaga oqib kelishidan xavotirda.


“Katta Yettilik”ka a’zo davlatlar rahbarlari iyun oxirida Germaniyada to’planib, oziq-ovqat inqirozi, Rossiyaning Ukrainadagi urushini muhokama etishi kutilmoqda. Bugun Janubiy Afrikaga tashrif buyurgan Germaniya Kansleri Olaf Shols bu mamlakat rahbarini ham sammitga taklif etdi.

G’arb Rossiya-Ukraina mojarosida betaraf bo’lgan va Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo’shilmagan mamlakatlarni o’z tarafiga og’dirishga urinmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG