Sharqiy Ukrainada harbiy to'qnashuvlar davom etmoqda. Germaniya va Fransiya Rossiyaga qarshi yangi jazo choralarini tatbiq etishi haqida ogohlantirdi. Birmada ASEAN davlatlarining 24-sammiti bo'lib o'tmoqda.
Kunning suratlari - 10-may, 2014-yil
- Amerika Ovozi

1
Sharqiy Ukrainaning Mariupol shahridagi buzuq tank ustida mahalliy fuqarolardan biri turibdi, 10-may, 2014-yil.

2
Sharqiy Ukrainadagi Mariupol shahrida Ukraina xavfsizlik kuchlari va ayirmachilar o'rtasida yuz bergan to'qnashuvdan keyingi manzara, 10-may, 2014-yil.

3
Donetskda 11-may kuniga belgilangan referendum uchun chiqarilgan ovoz berish qog'ozi

4
ASEAN tashkilotiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari 24-sammit doirasida guruh bo'lib suratga tushmoqda, Birma, 10-may, 2014-yil.