Breaking News

Bayden: Tramp qasamyodini buzdi, ishdan ketishi kerak


Prezidentlikka nomzodlar impichment haqida nima deydi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:21 0:00

AQSh prezidentligi uchun demokrat nomzodlarning navbatdagi teledebatida Prezident Donald Trampga qarshi boshlangan impichment jarayoni asosiy mavzu bo’lishi kutilmoqda. Impichment mansabdor shaxsni o’z lavozimini suiiste’mol qilishda ayblash demakdir. Tramp tekshiruv ostida.

15-oktabr kungi debatda prezidentlikka demokrat nomzodlar orasida oldinda ketayotgan Jo Bayden ham sahnaga chiqadi. So’nggi payt uning reytingi biroz pasaygan. Bayden impichment tekshiruvini qo’llab-quvvatlamoqda.

“Tramp butun dunyo va Amerika xalqi oldida aybini tan olib bo’lgan. O’z qasamyodini buzdi, xalqiga xiyonat qildi. Lavozimidan bo’shatishga loyiq ishlar qilgan shaxs u”, - deydi Bayden.

Sobiq vitse-prezident bu bayonoti bilan Trampni impichment qilish chaqiriqlariga qo’shildi. Uning eng yaqin raqibi senator Elizabet Vorren ham impichment tarafdori.

“Huquqbuzarliklarga qo’l urgan, u ishdan ketishi kerak”, - deydi Vorren.

Senator mamlakatni kezib, dasturini tushuntirar ekan, reytingi oshib bormoqda. So’rovlar natijasiga qaraganda Vorren Baydenga deyarli yetib oldi.

Ogayo shtatida o’tadigan debatda senator Berni Sanders ham qatnashadi. Sanders yaqinda yurak xurujiga chalingan edi. Kasalxonadan chiqqanidan so’ng tarafdorlariga video murojaat yo’lladi.

“Hozir o’zimni juda yaxshi his qilyapman. Dam olib, kuchga to’ldim. Yaqin orada yana yo’lga chiqaman, kampaniya davom etadi”, - deydi Sanders.

Tahlilchi Jon Fortyega ko’ra, debatda Tramp muhokama mavzusi bo’ladi.

“Barcha nomzodlar Trampni impichment qilish kerakligini ta’kidlashadi. Ularning pozitsiyalarida katta farq bo’ladi deb o’ylamayman”, - deydi u.

Reytinglarda quyi o’rinlarni egallab kelayotgan nomzodlar ham debatni imkoniyat deb biladi. Masalan, Kaliforniya shtatidan senator Kamola Xarris.

“Tramp amerikaliklarni bir-biriga qarshi qayramoqda. Men rahbar sifatida xalqni birlashtira olaman”, - deydi nomzod.

Demokratik partiyadan prezidentlik uchun yagona nomzod bo’lish uchun qariyb 20 kishi kurashmoqda. Saylov kelasi yili noyabrda bo’lib o’tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG