Breaking News

2020-yilda prezident bo'lishga bel bog'lagan demokratlar


Demokratik partiyadan o’nlab siyosatchilar maydonga chiqdi va ular safi kengayib borayapti 
Demokratik partiyadan o’nlab siyosatchilar maydonga chiqdi va ular safi kengayib borayapti 

AQShda keyingi prezident saylovlari 2020-yilning noyabrida bo’lib o’tadi. Donald Tramp ikkinchi muddatga saylanmoqchi. Nomzodlik uchun poyga allaqachon boshlanib ketgan. Demokratik partiyadan o’nlab siyosatchilar maydonga chiqdi va ular safi kengayib borayapti.

Prezidentlik poygasida qatnashishini e’lon qilgan siyosatchilardan biri - Eymi Klobushar, Minnesota shtatidan saylangan senator.

“Menda siyosiy mashina yo’q. Puldor emasman. Ammo mustahkam iroda egasiman”, - deydi u.

Saylov-2020: Oq uyni ko'zlayotgan demokratlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:39 0:00

Demokratik partiyadan yana bir nomzod, senator Elizabet Vorren iqtisodiy tengsizlik haqida bong urmoqda.

“Hayotimiz uchun, orzular ushaladigan Amerika uchun, barchaga teng imkoniyat beradigan mamlakat uchun kurashyapmiz”, - deydi Vorren.

Nyu-Jersi shtatidan senator Kori Buker poygada g’alaba qilish uchun yoshlar va afro-amerikaliklar quvvatloviga tayanmoqda.

“Mamlakatni birlashtirish, siyosiy va irqiy kelishmovchiliklarga chek qo’yish uchun Oq uyga harakat qilyapman”, - deydi senator.

Maydonga chiqayotganlar orasida bir necha ayol va ozchilik guruhlar vakillari bor. Xilma-xillik darrov ko’zga tashlanadi, deydi tahlilchi Ileyn Keymark.

“Nomzodlar bugungi Demokratik partiya tarkibini aks ettiradi. Qaysi biri boshqalardan ustun kelib, xalq nazariga tushadi, buni hozircha bilmaymiz”, - deydi suhbatdosh.

Prezidentlikka demokrat da’vogarlarning aksariyati iqtisodiyot, atrof-muhit va ijtimoiy masalalarda liberal qarashga ega.

Gavjumlashayotgan poygada ular hozirdan ajralib turishga harakat qilayapti, deydi siyosatshunos Jon Fortye:

“Ko’zga ko’ringan nomzodlar Demokratik partiyaning progressiv qanotida, shuningdek, qora tanli aholi orasida tarafdorlari ko’p bo’ladi”.

Poygada qatnashayotganlar xilma-xil, lekin liberal saylovchilarni yagona maqsad birlashtiradi, deydi Larri Sabato.

“Demokratlar uchun eng muhim narsa nima? Eng ko’p quloqqa chalinayotgan gap shuki, Donald Trampni mag’lub eta oladigan nomzodni tanlashmoqchi”, - deydi u.

Prezident Tramp demokratlarni o’taketgan so’lchilar deb tasvirlashga o’tgan. Yaqinda u Texasda tarafdorlari oldida so’zladi.

“Demokratik partiya normadan tashqariga chiqib ketgan. Sotsializm, abort, ochiq chegaralar va jinoyatga beparvolik - ularning shiori”, - deydi prezident.

Vermont shtatidan senator Berni Sanders ham yaqinda poygaga qo’shildi. U 2016-yilda nomzodlikni Hillari Klintonga boy bergan edi.

77 yoshli Sanders mamlakatda ta’lim olish bepul bo’lishi kerak, deydi. Shuningdek, sog’liqni saqlash sektorida hukumatning rolini oshirish, eng kam ish haqini ko’tarish takliflari bilan nom qozongan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG