Breaking News
Din

Sharqiy Turkistonda uyg'urlarning ro'za tutishiga to'siq qo'yilmoqda


Urumchidagi masjid, 2008-yil, 8-avgust

Faollarning aytishicha, Ramazon oyida Sharqiy Turkistondagi musulmonlarning ro'za tutishiga to'sqinlik qilinmoqda. Xitoy rasmiylari bu da'voni inkor etdi, ammo uyg'urlarning ro'za tutishiga qisman taqiq qo'yilganini tan oldi.

"To'liq taqiq yo'q. Bu G'arb propagandasi", - deydi Islomoboddagi Xitoy elchixonasi rahbari o'rinbosari Lijian Jao.

Uning aytishicha, Shinjon fuqarolari Ramazonda ro'za tutishi mumkin, lekin davlat ishlariga halaqit bermasligi uchun rasmiylarga cheklov qo'yilgan.

"Dahriy bo'lgan Kommunistik partiya a'zolariga, o'z vazifasi bilan band hukumat rasmiylariga hamda majburiy va mashaqqatli ta'lim vazifalari bilan band talabalarga cheklov qo'yilgan", - dedi u.

Cheklovga uchraganlar soni qancha ekani ma'lum emas. Shinjondagi qamoq-lagerlarda majburiy ta'limdan o'tayotgan ikki million uyg'urning ham diniy erkinligi cheklov ostida ekani aytiladi.

Yanada kuchayayotgan cheklovlar

Germaniyada joylashgan Jahon Uyg'urlar kongressi rahbari To'lqin Isaning aytishicha, davlat idoralari ishchilari va talabalar har kuni tushlik payti oshxonaga kelishga majburlanmoqda va kelmaganlar maxfiy ro'za tutayotganlikda, "ekstremist" qarashlarini yashirayotganlikda ayblangan. Masjidlarga borish va ayollarning ro'mol o'rashi ham taqiqlangan.

"Ba'zi holatlarda uyg'ur ishchilar uyga cho'chqa go'shti olib ketib, oila a'zolariga berishga majburlanmoqda. 2016-yildan beri har yili ramazon oyida taqiqlar bo'ladi, lekin bu yil yanada qiyin bo'ldi", - deydi Isa.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG