Breaking News

Urushdan nogiron bo’lib qaytgan amerikalik harbiylarning tibbiy va ruhiy muolaja olib yangi hayotga ko’nikishi nogiron afg’on askarlariga qaraganda ancha osondir.

Serjant Jonni Jouns Afg’onistonning Hilmand viloyatida patrul xizmati paytida minaga duch kelib, portlash oqibatida ikki oyog’idan ayrildi.

Bir urushda yaralangan ikki askarning taqdiri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:32 0:00

“Germaniyadagi bazaga meni olib kelishganida hushimga kelib, “tizzam joyidami?” degan savol xayolimdan o’tdi. Chunki tizzasidan quyi qismini yo’qotgan askarlar tezroq o’ziga keladi, imkoniyatlari ko’proq. Hatto bir tizza omon qolsa ham yaxshi. Hamshira meni aldagisi kelmadi. Oyog’imning biri tizzamdan kesilganini aytdi. Shunga qaramay, yaxshi bo’lib ketasan, yana yurasan, deb yupatdi”, - deydi serjant.

Jonni Jouns sakkiz yil harbiy xizmatda bo’ldi, Iroq va Afg’onistondagi urushlarda qatnashdi, yetti oy sapyorlik qildi.

Yaralanganidan so’ng AQSh hukumati askarni moddiy yordam, tibbiy sug’urta, ta’lim, uy-joy bilan ta’minladi. Biroq amerikaliklar bilan yelkama-yelka jang qilgan afg’on zobitlariga munosabat boshqacha.

Rafiulla Kunoriy Faryob viloyatidagi harbiy amaliyot paytida Jouns kabi ikki oyog’idan ayrildi. U bir kun yana oyoqqa turishni orzu qiladi, har kuni duolarida Allohdan shuni so’raydi.

“Menga ham serjant Jounsga bo’lgani kabi kimdir yordam bersayu, yana yurib ketsam. Ammo shunda ham ishlarim yurishmaydi, chunki tashvishlarim ko’p”, - deydi askar.

Afg’on rasmiylarining “Amerika Ovozi”ga aytishicha, urushda yaralangan afg’on harbiylari davlatdan bir yillik maosh olishlari kerak, ammo Kunoriy bir tiyin ko’rmaganini aytadi.

Jonni Jouns o’zi bilan xizmat qilgan afg’on askarlarini iliq so’zlar bilan xotirlaydi, ammo ularga bo’lgan munosabatdan xafa.

“Menday imkoniyatning Rafiullada yo’qligidan afsusdaman. Uning matonati meni ilhomlantiradi. Azob-uqubatlari menikidan kattaroq, ammo shunga qaramay, u hayotini davom ettirishga majbur. O’ziga achinib, ko’chada tilanchilik qilib hayot kechirmas degan umiddaman. Buni uning ko’zlaridan bilsa bo’ladi – u haqiqiy kurashchi”, - deydi amerikalik serjant.

Bir jang maydonida bir dushmanga qarshi kurashgan ikki askarning taqdiri har xil bo’lishiga qaramay, ikkisi ham yangi hayotga moslashishga, yangi dovonlardan o’tishga harakat qilishyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG