Breaking News

Qahraton qish afg'on qochqinlarini qiynamoqda


Afg’onistonda davom etayotgan janglar sabab millionlab odam ovora. Mamlakatdagi qochqinlarning bir qismi og’ir sharoitda yashamoqda. Boshpana topish asosiy muammo.

Qahraton qish afg'on qochqinlarini qiynamoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00

Mamlakat shimolidagi Shibirg’on shahriga qochib kelganlarning katta qismini faryoblik qochqinlar tashkil etadi. Ular Almor, Qaysor, Xo’jasabzpo’sh, Jumabozor kabi tumanlardan. Juzjonda juda og’ir ahvolda yashayotgan oilalarning 36 tasiga kiyim-kechak, oshxona uskunalari va naqd pul ulashildi.

“Qochib kelganimizga uch oy bo’ldi. Havo sovuq, hech narsamiz yo’q. Qochib yuribmiz, uylarimiz talandi, qayta olmayapmiz”, - deydi qochqinlardan biri.

“Kelganimizga ikki yarim oy bo’ldi, lekin urushlar hanuz tinmagan. Hech narsa olib chiqolmadik. Hukumat bergan narsalar bilan choramizni ko’ryapmiz”, - deydi Izzatulla ismli yigit.

Juzjon viloyatida qoshqinlar ishlari bilan shug’ullanuvchi idoraga ko’ra, joriy yilda Juzjonda qochqinlar soni 73 foizga kamaygan.

“Bu yil qochqinlar soni o’tgan yilga qaraganda kamroq. 2019-yilda 9000 qochqin oila qayd qilingan edi, bu yili 6600 ga kamaygan”, - deyi viloyat qochqinlar ishlari idorasi raisi Abdul Malik Rustamiy.

Ayni damda ayrim ijtimoiy tashkilotlar darbadar aholiga yordam berishga kirishgan. Juzjon viloyatining yoshlar harakati, asosan, bolalar kiyim-kechagini tarqatmoqda.

“Afg’oniston xalqining iqtisodiy ahvoli zaiflashmoqda. Urushlar, beqarorlik sababli lagerlarda yashayotgan faryoblik va juzjonlik qochqinlar soni ko’paymoqda”, - deydi Juzjon viloyati Yoshlar harakati raisi Qudrat Vatan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko’ra, Afg’onistonda ichki qochqinlar soni to’rt milliondan oshgan. 2020-yilda 220 ming kishi uy-joyini tark etishga majbur bo’lgan.

XS
SM
MD
LG