Breaking News

Rossiyaparast kuchlar Donetskda referendum o'tkazmoqchi


Donetskda referendum o'tkazilishi mumkin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:52 0:00
Sharqiy Ukrainadagi siyosiy ixtilofga chek qo’yish bo’yicha Jenevada Rossiya, AQSh va Ukraina rasmiylari o’zaro kelishuvga erishganiga qaramay, Ukraina sharqidagi rossiyaparast kuchlar keyingi oyda referendum o’tkazish talabidan voz kechmasligini ta’kidlamoqda.
Donetsk shahridagi mahalliy hukumat binosini nazorat qilayotgan Donetsk Xalq respublikasi guruhi yetakchisi Denis Pushilinning aytishicha, 11-may kuni viloyatga kengroq avtonomiya berish masalasida referendum o’tkaziladi.

“Buning uchun hamma narsa muhayyo. Ammo hozir bu haqda barcha tafsilotlarni aytish niyatida emasmiz. Chunki ayrim ommaviy axborot vositalari soxta ma’lumotlar tarqatmoqda. Hammasi tinch bo’lgani yaxshi”, - deydi u.

O’tgan oy, asosan, rusiyzabon aholidan iborat qrimliklar ovoz bergan referendum natijasida Rossiya Qrimni o’z hududiga qo’shib olgan edi.

Donetsk isyonkorlarini qo’llab-quvvatlayotgan Sergey Gerasimov mintaqaga kengroq avtonomiya berilishi tarafdori ekanini aytadi. Ammo Rossiyaga qo’shilishni istamaymiz, deydi u.

“Men o’zim Ukrainada qolishni istardim, ammo federal tizim ichida, o’z huquqlarimizni saqlagan holda. Ukraina birligi saqlanib qolgani yaxshi”, - deydi u.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) rasmiylari sharqiy Ukrainadagi ixtilofning kuchayishiga yo’l qo’ymaslik uchun rossiyaparast kuchlar hamda mahalliy rasmiylar o’rtasidagi muloqotda vositachilik qilmoqda. Tashkilot vakili Mark Eterington muzokaralar konstruktiv ruhda o’tayotganini aytadi.

“Ular o’z qarashlarini bayon qildi. Biz ham muloqotning zarurligini hamda ixtiloflarning kuchayishiga yo’l qo’ymaslikni ta’kidlab, zo’ravonlikdan tiyilishga chaqirdik”, - deydi u.

Ammo Kiyevdagi rasmiylar sharqiy Ukrainada jinoyatlar yuz bergan holatda xavfsizlik kuchlari zudlik bilan chora ko’rish huquqini saqlab qolishini aytmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG