Grin-karta lotereyasi o'ynamoqchimisiz? 3-oktabrdan 7-noyabrgacha

  • Amerika Ovozi

3-oktabrdan 7-noyabrgacha AQSh Davlat Departamenti "Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar - DV" (Grin-karta) dasturiga 2019-yil uchun ariza topshirish mumkin.

https://www.dvlottery.state.gov/ saytiga kirib, tegishli anketani to'ldirasiz. Buning uchun hech qanday haq olinmaydi. Forma qabul qilingach beriladigan tasdiq raqamini saqlab qo’yish zarur.

Unutmang, bu - lotereya. Omadga bog'liq. Anketa topshirganlar elektron tarzda saralanadi. Davlat departamentining qayd etishicha, g'oliblarni texnologiya aniqlaydi.

Murojaat etuvchilarga arizani topshirish uchun oxirgi kungacha kutmaslik tavsiya etiladi. Talab o‘ta yuqoriligi tufayli oxirgi kunlarda sayt ishlashi sekinlashadi.

Lotereya natijalari 2018-yil 1-maydan boshlab e’lon qilinadi. 2018-yil 30-sentabrga qadar arizachilar tasdiq raqami orqali Davlat departamenti saytiga kirib, yutgan yoki yutmaganligini tekshirishi mumkin.

Dasturda qatnashish tartibi haqida batafsil ma’lumotni mana bu yerdan olishingiz mumkin.

Quyidagi videoda esa anketa to'ldirishni o'rganasiz. "Mobil-salom" ruknimizdan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Fikringiz

XS
SM
MD
LG