Gvineyada Ebola virusiga qarshi vaksina sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi

  • Amerika Ovozi

Yaqinda Gvineyada Ebola virusiga qarshi yangi vaksina sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti o’tkazgan tadqiqotda ikki guruhga bo’lingan 11 mingdan ziyod odam qatnashdi.

"Virus tarqalishi bilan emlangan guruhda hech bir odam kasalga uchramadi, ikkinchi guruhda esa virus 23 kishiga yuqdi. Vaksinani muvaffaqiyatli deb atashga asos bor”, - deydi tashkilot xodimi Meri-Paule Kyeni.

2014-yilda Ebola Gvineya, Syerra-Leone va Liberiyada quturganida rasmiylar epidemiya tarqalishining oldini olish uchun karantin e’lon qilishdan boshqa chora topmagan edi.

Ayni damda bir necha vaksina sinovdan o’tkazilmoqda. Biroq Kyenining guruhi yakuniy natijaga birinchi bo’lib erishdi.

Vaksinalar ishlanib, sinash bosqichiga kelganda epidemiya sustlasha boshladi, yangi kasallar kamayib sinov qiyinlashdi. Biroq Kyeni virusni oldinroq yuqtirgan odamlarni jalb qildi.

"Bundan tashqari, kasallar bilan aloqa qilgan odamlar, ularning tanishlari ham sinovda qatnashdi”, - deydi mutaxassis.

Ana shu halqali vaksinatsiya orqali chechak kasaliga o’z vaqtida barham berilgan. Yangicha emlash usuli yordamida Gvineyada yil boshida Ebolaning tarqalishiga chek qo’yildi.

Vaksinani ishlab chiqargan “Merck” kompaniyasi litsenziya olishga umid qilmoqda.

"Dorining ro’yxatga olinishini sabrsizlik bilan kutyapmiz", - deydi Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti xodimi.

“GAVI” nodavlat tashkiloti vaksinaning 300 ming dozasini sotib olmoqchi. Biroq Meri-Paule Kyenining ogohlantirishicha, yangi dori Ebolaning boshqacha turi profilaktikasiga ojizlik qilishi mumkin. Yangi epidemiyaga tayyor turishimiz kerak, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG