Breaking News

G'arb sanksiyalari Rossiya uchun qanchalik og'riqli bo'lishi mumkin?


Rossiya Markazi banki binosi
Rossiya Markazi banki binosi

G’arb Rossiyani Ukrainada urush boshlagani uchun jazolash maqsadida u bilan savdoni to’xtatib, Rossiyaning xorijdagi valyutasi va oltin zaxiralarini muzlatdi. Bu esa shubhasiz Rossiya iqtisodiyotini qiyin ahvolga solib qo’ydi. Tahlilchilarga ko’ra, ta’minotdagi kamomad yaqin oylarda rus sanoatiga salbiy ta’sir qila boshlaydi.

Xalqaro hayot - 6-may, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:06 0:00

Hukumat hozircha rubl qiymatini ushlab qolishga muvaffaq bo’ldi va kuzatuchilar fikricha, bundan tashviqot uchun foydalanmoqda.

“Rossiya banklariga qo’yilgan xalqaro sanksiyalarni aylanib o’tishga, rublni qo’llab-quvvatlashga harakat qilyapti, bu bilan Rossiya jamoatchiligiga vaziyat Vladimir Putin qo’lida ekanini, rublning bozori chaqqon ekanini ko’rsatmoqchi”, - deydi energetika va siyosiy xavf bo’yicha mutaxassis Agniya Grigas (Agnia Grigas).

Rossiya bank sektori rahbarlari Ukrainadagi mojaro inflyatsiya darajasini oshirishi, ta’minot kamomadini kuchaytirishi haqida ogohlantirgan.

"Inflyatsiya sekinlashishi to’xtab, yuqoriga qarab ketadigan bo’lsa, pul-kredit siyosatimizni uni sekinlashtirishga qaratamiz”, - dedi Markaziy bank raisi Elvira Nabiullina.

Yevropaning Rossiya energiya manbalari importlariga tobelikdan qutulish harakatlari Moskvani qiyin ahvolga solib qo’yishi mumkin. Yaqingacha imkonsiz deya ko’rilgan ushbu chora kutilganidan tezroq bo’lishi ayonlashmoqda.

“1-2 yilda Rossiya gazidan voz kechishadi deb o’ylayman. Bu Yevropa Ittifoqining har bir mamlakati uchun amalga oshirsa bo’ladigan ish deb o’ylayman”, - deydi Grigas.

G’arb sanksiyalarining ta’siriga Rossiya iqtisodiyoti qanchalik bardosh bera olishi kelasi bir necha oyda ma’lum bo’ladi.

Rossiya neftiga embargo qo’yishga intilayotgan Yevropa Ittifoqi a’zo davlatlar bilan sanksiyalarning oltinchi paketiga kelishishda ayrim qiyinchiliklar bilan yuzlashmoqda. Xususan Vengriya va Slovakiya bu chora ularning iqtisodiyoti uchun halokatli bo’lishini bildirmoqda.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning aytishicha, rus neftidan hoziroq voz kechish Vengriya iqtisodiyotiga atom bombasini tashlash bilan barobar bo’ladi. Orban Vengriya manfaatlarini hisobga olishga chaqirarkan, Yevropa Komissiyasi bu ikki mamlakatga taqiqdan 2023-yil oxirigacha istisno taklif etdi.

Orbanning mahalliy matbuotga aytishicha, rus neftiga 65 foizga tobe Vengriya uchun hozirgi tizimni o’zgartirish hamda neftni qayta ishlash zavodlari va neft quvurlarini yangi sharoitga moslash katta miqdorda sarmoya va 5 yil vaqt talab qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG