Breaking News

Yevropa Ittifoqi diplomati Misrda Mursiy bilan ko'rishdi


Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalarga mas'ul rasmiysi Ketrin Eshton Qohirada Misr muvaqqat hukumati vitse-prezidenti Muhammad Al-Barodi bilan matbuot anjumanida ishtirok etmoqda, Qohira, 30-iyul, 2013-yil
Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalarga mas'ul rasmiysi Ketrin Eshton Qohirada Misr muvaqqat hukumati vitse-prezidenti Muhammad Al-Barodi bilan matbuot anjumanida ishtirok etmoqda, Qohira, 30-iyul, 2013-yil
Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar bo’yicha mas’ul rasmiysi Ketrin Eshtonning aytishicha, Misrda hokimiyatdan chetlashtirilib, maxfiy harbiy inshootda saqlanayotgan sobiq prezident Muhammad Mursiyning sihati joyida.

Eshton Mursiy bilan kecha ko’rishishga muvaffaq bo’ldi. Rasmiyga ko’ra, sobiq rahbar tashqi dunyodan izolyatsiya qilinmagan, voqealarni gazetalar va televideniye orqali kuzatib bormoqda.

Bungacha Eshton Misrning muvaqqat hukumati va harbiy rahbarlari hamda Mursiyga sodiq “Musulmon birodarlar” harakati va boshqa guruhlar bilan muloqot qildi. Yevropa rasmiysi barcha tomonlarni bosiqlikka, muammoni tinch yo’l bilan hal qilishga chaqirgan.

"Men ularga qanday yo’l tutish kerakligini aytish uchun kelmadim. Shunchaki mushtarak manfaatlar, ishonchni tiklash yo’llari bor-yo’qligini ko’rish uchun keldim", - dedi Eshton.

Unga ko’ra, Yevropa Ittifoqi Misrga yangi saylovlar o’tkazishda, ularni kuzatishda yordam berishga tayyor.

Misrda harbiylar islomiy partiyalar tashabbusi bilan ishlangan konstitutsiyani bekor qilib, 3-iyul kuni Mursiyni prezidentlikdan olgan. Uning tarafdorlari sobiq rahbarni lavozimida tiklashni talab qilib, namoyish qilmoqda.

Muvaqqat hukumat besh oy ichida konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar bo’yicha referendum, kelasi yil boshida parlament saylovlari, undan so’ng esa prezident saylovlarini o’tkazmoqchi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG