Breaking News

Musulmon Birodarlar yetakchisi hibsga olindi


Muhammad Badiy, 5-iyul 2013.
Muhammad Badiy, 5-iyul 2013.
Misr xavfsizlik xizmati Musulmon Birodarlar tashkilotining bosh rahbarini hibsga oldi, deya xabar beradi davlat matbuoti.

70 yoshli Muhammad Badiy Qohiradagi uyida 20-avgustning erta tongida qo’lga olingan.
“Xavfsizlik xizmati uning qayerdaligi haqida ma’lumot oldi va so’ngra hibsga olishga muvaffaq bo’ldi”, deyiladi xabarda.

ONTV televideniyesi orqali namoyish qilingan videolavhada Badiyning qurollangan askar yonida o’tirgani ko’rsatildi. Misr Ichki ishlar vazirliginining “Facebook” ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida esa Badiyning qora bronejiletlar kiygan ikki erkak o’rtasida avtomashinada o’tirgani surati qo’yilgan, suratda uning hibsga olinganini tasdiqlovchi yozuv ham bor.

“Bosh prokurorning Musulmon Birodarlar yetakchisi Muhammad Badiyning hibsga olish haqdagi qarori asosida ma’lumot to’plandi va ushbu shaxs ortidan kuzatuv o’rnatildi.

Natijada Qohira xavfsizlik xizmati uni qo’lga tushirishga muvaffaq bo’ldi”, - deyiladi yozuvda va kerakli qonuniy choralar ko’rilgani qo’shimcha qilinadi.
Badiy Musulmon Birodarlar tashkilotining bosh rahbari sanaladi.

Iyul oyida unga safdoshlari bilan birgalikda odamlarni zo’ravonlikka da’vat etish aybi qo’yilgan edi. Ikki muovini barobarida u 25-avgust kuni sudda ko’rsatma beradi.

Ichki ishlar vazirligi rasmiysi Muhammad Ibrohimning “Al-Masriy Al-Yum” gazetasiga bildirishicha, Badiy seshanba erta tongda hibsga olingan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG