Breaking News

Misr falaj tarqalishining oldini olmoqchi


Suriyalik bolalarga poliomiyelitga qarshi vaksina tarqatilmoqda. Livandagi qochqinlar lageri.
Suriyalik bolalarga poliomiyelitga qarshi vaksina tarqatilmoqda. Livandagi qochqinlar lageri.
Yaqin Sharqda poliomiyelitga qarshi emlash jarayoni davom etar ekan, bu hafta Misr ham safga kirdi. Suriyada yaqinda falaj hollari aniqlanib, deyarli unutilgan bu yuqumli kasallik qaytdi degan vahima tarqalgan.

Misrda falajga qarshi emlash kampaniyasi/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:27 0:00
Yuklab oling

Butun Qohira bo’ylab bezovta ota-onalar vaksina uchun navbat kutmoqda.

“Emlashning birinchi kunidayoq keldik, chunki qo’shni Suriyadagi xabarlar odamlarni qo’rqitib qo’ydi. Ehtiyot choralari ko’rayapmiz. Kasallikni Misrga yo’latmaslik kerak”, - deydi otalardan biri.

Suriyada salkam uch yillik urush emlash kampaniyasiga halaqit berdi. Tibbiyot xodimlarining mamlakat bo’ylab bexatar qatnashi uchun sharoit yo’q.

Misr qatori Livan, Iordaniya va Turkiya ko’psonli suriyalik qochqinlarni bag’riga olgan. Bu davlatlarda vaksinalash ishlari jadal kechayapti.

Lekin muammo faqat Suriyadagi ahvolda emas. O’tgan yili Qohiraning oqova suvlarida huddi Suriyadagi kabi infeksiya topildi. Holbuki, Misr falajdan 2006-yilda xalos bo’lgan edi, deya eslatadi bu davlat sog’liqni saqlash vaziri Maha al-Rabat.

“Mamlakatda kirib-chiqib yurgan odamlar oqimi tezlashgan. Qochqinlarni ham unutmaylik. Bu qatnov bilan Misrga virus ham kirib kelgan”, - deydi vazir.

Kasallik mintaqaga Pokistondan olib kelingani aytiladi. Poliomiyelit o’choqlari sanalmish davlatlar bugun aynan Pokiston, Afg’oniston va Nigeriya.

Ayrim diniy peshvolar va boshqalar vaksinani G’arbning musulmon bolalarini bepusht qilish yo’lidagi ig’vosidir, deya tarqatgan mish-mishi emlash ishlariga to’sqinlik qilgan, deydi YUNISEF rasmiysi Filip Duamel.

“Uydirma hammasi. Vaksina bolalarni o’limdan qutqarish uchun qilinadi”, - deydi u.

Xalqaro tashkilotlar sa’y-harakati bilan Misrda jami 13 million bolaga falajga qarshi vaksina yetkazish ko’zlangan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG