Breaking News

AQShda gubernatorlar markaziy hukumatni sustkashlikda ayblamoqda


Dunyo bo’ylab koronavirusga chalinganlar 341 mingdan oshgan. AQShda esa ular 30 ming kasaldan 400 dan ziyodi o’lgan. Shtatlarning gubernatorlari federal hukumat fuqarolarni himoya qilishda zarur anjomlarni yetkazishda sustkashlik qilayotganini aytadi.

Xalqaro hayot – 23-mart, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:14 0:00

Aksariyat mutaxassislarga ko’ra, koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarilishiga kamida bir yil vaqt ketadi. Kasallanganlar soni ortgan sari mamlakatlar sog’liqni saqlash tizimiga bosim kuchaymoqda.

“Gubernatorlar ko’p narsalarni talab qilishyapti. Dunyo bo’ylab talab katta. Milliy omborxonadan, kompaniyalardan sotib olib, xayriyalardan tushgan hamma narsani tarqatyapmiz”, - deydi AQSh Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari Pit Geynor.

Ko’p shaharlar huvillab qolgan, odamlarga uyda o’tirish tavsiya qilinmoqda va buyurilmoqda. Gubernatorlar markazdan yordam tez kelmayotganini aytadi.

“Shaxsiy himoya vositalariga juda muhtojmiz. Oq uyning strategik zaxirasidan ko’p narsalarni so’radik, ammo oz narsa berishdi. Tibbiy xodimlarimizni himoya qilish va kasallarni davolash uchun ko’p narsaga muhtojmiz”, - deydi Nyu-Jersi shtatining demokrat gubernatori Fil Myorfi.

“Hozirligimiz bo’lmagani uchun odamlar o’lmoqda. Oldingi chiziqlarda mehnat qilayotgan odamlar ehtiyojlarini ta’minlashimiz kerak, kasallar uchun tibbiy ventilyatorlarga muhtojmiz”, - deydi Michigan shtatining demokrat gubernatori Gretchen Vitmer.

22-mart kungi matbuot anjumani paytida Prezident Donald Tramp koronavirusni yana “Xitoy virusi” deb atab, so’ralayotgan jihozlar va anjomlar shtatlarga taqsimlanayotganini aytdi.

“Juda ko’p narsalarni yuborganmiz – respiratorlar, jarrohlik niqoblari va xalatlar, himoya maskalari, kombinezonlar, qo’lqoplar – Vashington va Nyu-York shtatlari ularni olib bo’lgan”, - deydi Prezident Tramp.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG