Breaking News

AQSh mudofaa vaziri Pxenyan raketa sinovlarini izohladi


Mark Esper Yaponiyada

Shimoliy Koreya to’rtta qisqa masofali raketasini sinab, AQSh-Janubiy Koreya qo’shma harbiy mashg’ulotlariga javob tariqasida yangicha siyosat yuritishi haqida ogohlantirgan.

Xalqaro hayot - 7-avgust, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:56 0:00

Raketa sinovlari AQShning yaqinda ish boshlagan mudofaa vaziri Mark Esperning Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga safariga to’g’ri keldi.

Vashington va Pxenyan o’rtasida yarimorolni yadro qurollaridan xoli qilishga qaratilgan muzokaralar to’xtab qolgan bir paytda AQSh tomoni sinovlarni provokatsiya sifatida baholamoqda.

“Shimoliy Koreya bunday harakatlari bilan to’g’ri yo’ldan ketyapti deb o’ylamayman”, - deydi vashingtonlik tahlilchi Rudi de Leon.

AQSh Mudofaa vaziri Mark Esper Yangi Zelandiyaga tashrifini tugatib, Yaponiya va Janubiy Koreyaga ketayotganda Pxenyan raketalarini otgan.

“Tushunishimcha, bu qisqa masofali ballistik raketalar. Qo’l qovushtirib o’tiramiz deganim yo’q. Vaziyatni yaqindan kuzatyapmiz. Shimoliy Koreya nega bunday qilganini tushunishga harakat qilyapmiz. Diplomatiya uchun eshik doimo ochiq”, - dedi u.

AQSh tomoniga ko’ra, harbiy mashg’ulotlar oldingiday ko’p sonli emas, faqat mudofaaga urg’u beradi. Prezident Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbari bilan ilk bor Singapurda uchrashganidan beri mashg’ulotlar ko’lami ancha qisqargan, ammo Pxenyan shunday qilgani yo’q.

“Ular qishki harbiy mashg’ulotlarini odatdagiday o’tkazmoqchi, ya’ni ixchamlashtirmoqchi emas. Lekin bizdan mashg’ulotlarimizni butunlay to’xtatishni talab qilishyapti. Ahmoqlikdan boshqa hech narsa emas. Ana shundan keyin Shimoliy Koreya rahbarining samimiyligiga shubha bilan qaray boshlaysiz. Haqiqatan ham yadroviy qurolsizlanish masalasida bitimga erishmoqchimi deb”, - deydi yana bir amerikalik tahlilchi Bredli Bauman.

AQSh diplomatlari yaqin orada Shimoliy Koreya bilan ishchi muloqotning yangi davrasi boshlanishiga umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG