Breaking News

Mudofaa vaziri lavozimiga nomzod senatorlar savollariga javob berdi


Mark Esper
Mark Esper

Prezident Donald Tramp mudofaa vazirligiga tayinlagan Mark Esper Senatda qonunchilar imtihonidan o’tdi. Biroq Senat Qurolli kuchlar qo’mitasining bir a’zosigina uning vazirlikka nomzodini qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirgan. Esper yani damda Armiya vazirligini boshqaradi.

Xalqaro hayot - 18-iyul, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:38 0:00

Nomzodi mudofaa vaziri lavozimiga ko’rsatilgan Mark Esperga qonunchilar ko’p savollar berdi.

Jim Mattis 2018-yil oxirida ishdan olinganidan beri vazirlik salkam yetti oy davomida Senat tasdig’idan o’tgan vazirsiz ishlamoqda.

“Kongressdagi faoliyatim mobaynida Mudofaa vazirligini hozirgichalik arosatda ko’rmaganman”, - deydi qo’mitaning demokrat a’zosi Jek Rid.

NATO dagi ittifoqchi Turkiyaning Rossiya havo mudofaasi sistemasini xarid qilgani AQShni tashvishga solmoqda.

“Turkiya “S-400” tizimini sotib olib xato qildi”, - deydi Mark Esper.

Buning natijasida Rossiyaning ilg’or radar texnologiyasi NATO samolyotlari, jumladan AQShda ishlangan F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarini nishonga olishi mumkin.

“Yo “S-400” yo F-35. Ikkisiga bir paytda egalik qilolmaysiz”, - deydi vazirlikka nomzod.

Senatdagi tinglovda Esper qonunchilarning Eronga doir savollariga ham javob berdi. Uning aytishicha, Tehronning xalqaro suvlardagi tahdidini bartaraf etish uchun hududda yengil patrullik qilish, tijoriy tankerlarni harbiy kemalar himoya qilishi kerak.

“Hamma Eron harakatlari va taranglikdan tashvishda. Urush yoki mojaro yoqasida turibmiz deb o’ylamayman, ammo Pentagon boshida qat’iyatli rahbarning bo’lgani yaxshi”, - deydi Xeritij jamg’armasi tahlilchisi, iste’fodagi general-leytenant Tom Spoer.

Esper so’nggi yillarda harbiy byudjetini oshirayotgan Xitoy xususida ham tashvish bildirdi. Qo’shma Shtatlar Barak Obama prezidentligi davrida aksincha harbiy sarfiyatlarni kamaytirgan edi.

“Xitoyning uzoq muddatdagi tahdidiga ko’z yummaslik kerak. Ular uzoqni ko’zlab ish qiladi, bizda esa teskarisi”, - deydi Esper.

Unga ko’ra, Xitoyning iqtisodiy qudrati o’sishda davom etadi. Esperning aytishicha, Pekin iqtisodiy jihatdan AQShdan o’zib ketishi va buning natijasida AQShning harbiy hamkorlari undan yuz o’girib, Pekin bilan ittifoqqa kirishishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG