Breaking News

Efiopiyada gumanitar inqiroz vujudga kelmoqda


Efiopiya shimolidagi Tigray mintaqasida 4-noyabrdan beri hukumat askarlari isyonchilarga qarshi jang qilarkan, BMTning Qochqinlar bo’yicha agentligiga ko’ra, mamlakatda yirik gumanitar inqiroz vujudga kelmoqda.

Xalqaro hayot - 17-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:23 0:00

So’nggi kunlarda 27 mingdan ziyod odam Sudanga qochgan. Kuniga o’rtacha 4000 efiopiyalik qochqinga aylanmoqda.

“Efiopiyadan kelayotganlarning yuzida qo’rquvni ko’rsa bo’ladi, dahshatli hikoyalar so’zlab berishmoqda. To’qnashuvlarning oxiri ko’rinmayapti”, - deydi agentlik so’zlovchisi Babar Baloch.

Sudan Afrikaning Chad, Eritreya, Markaziy Afrika Respublikasi va Janubiy Sudan davlatlaridan mojaro va qashshoqlik sabab qochgan salkam bir millionga yaqin odamni qabul qilgan.

“Minglab odam Efiopiyaning Tigray viloyatidan Sudan sharqiga qochmoqda, yirik gumanitar inqirozga guvoh bo’lyapmiz”, - deydi BMT rasmiysi.

Tashkilot mojarodan qochayotgan odamlarga hududni xavfsiz tark etishiga imkon yaratish uchun gumanitar korridor tashkil etish haqida muloqot qilyapti.

Viloyatdagi “Tigray milliy ozodlik fronti” siyosiy partiyasi Bosh vazir Abiy Ahmad Alini partiyani koalitsion hukumatdan siqib chiqarishga harakat qilayotganlikda, bosh vazir esa mintaqaviy hukumatni korrupsiyada va islohotlarni izdan chiqarish harakatida ayblamoqda.

3-noyabr kuni Tigrayda joylashgan harbiylar hujumga uchrashi ketidan Efiopiya parlamenti “Tigray milliy ozodlik fronti”ni terror tashkiloti deb e’lon qildi, isyonchilarga qarshi harbiy harakatlar boshlandi.

Qo’shni davlatlar hamda BMT tomonlarni mojaroni tinch yo’l bilan hal qilishga, jabrdiydalarga yordam berish uchun gumanitar xizmatchilarga mintaqaga kirishga imkon berishga chaqirmoqda.

Efiopiyaning 44 yashar bosh vaziri qo’shni Eritreya bilan ko’p yillik mojaroni hal etishdagi roli uchun 2019-yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG