Breaking News

Yevropa Ittifoqi Saxarov mukofotini Belarus muxolifatiga topshirdi


Saxarov mukofotini Belarus muxolifati nomidan uning lideri Svetlana Tixanovskaya qabul qildi, Bryussel, 16-dekabr, 2020-yil
Saxarov mukofotini Belarus muxolifati nomidan uning lideri Svetlana Tixanovskaya qabul qildi, Bryussel, 16-dekabr, 2020-yil

Yevropa Ittifoqi inson huquqlari uchun kurashgan shaxslar va tashkilotlarga beriladigan Andrey Saxarov nomidagi yillik mukofotini bu gal Belarus muxolifatiga topshirdi.

Xalqaro hayot – 16-dekabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:53 0:00

Belarusdagi prezident sayovlarida qatnashib, hukumat bosimi ostida mamlakatni tark etishga majbur bo’lgan Svetlana Tixanovskaya sovrinni qabul qilar ekan, Yevropa Ittifoqini mamlakatidagi namoyishchilarga kattaroq yordam berishga chaqirdi.

“Bu mukofot bizni olg’a qadam tashlashga yanada rag’batlantiradi. Biz albatta g’alaba qozonamiz”, - dedi u.

Belarus markaziy saylov komissiyasi 9-avgustda o’tgan prezident saylovlarida amaldagi rahbar Aleksandr Lukashenko g’olib bo’lganini bildirishiga qaramay, saylovda ovozlar soxtalashtirilganiga ishora qilayotgan minglab fuqaro mamlakat bo’ylab har dam olish kunlari namoyish qilmoqda, Lukashenkoni iste’foga chaqirmoqda.

Tixanovskaya va Yevropa Ittifoqi saylov natijalarini tan olmayapti, Lukashenko va qator amaldorlarga sanksiyalar joriy etgan.

Hukumat namoyishchilarga qarshi kuch ishlatmoqda, 30 mingdan ortiq odam hibsga olingani, 4 kishining o’lgani aytilmoqda.

1988-yilda joriy etilgan 50 ming yevrolik Saxarov mukofotiga Nelson Mandela, Venesuela muxolifati, pokistonlik faol Malala Yusufzoy ham sazovor bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG