Breaking News

Yevropa Ittifoqi O'zbekistondagi haqiqatni biladimi?


O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yetakchiligidagi delegatsiya Bryusselda Latviya raislik qilayotgan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik kengashining navbatdagi muzokaralarini olib borgan.

Yevropa Ittifoqi O'zbekistondagi haqiqatni biladimi? Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

Yevropa Ittifoqi nazarida O’zbekiston inson huquqlari masalasini ochiq muhokama qilishga tayyor. Muzokara ketidan blok shunday xulosaga kelgan.

Kengash O’zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bilan hamkorlik qilayotgani, mamlakatda mehnat sharoitini yaxshilashga doir dastur qabul qilganini olqishlagan.

Tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish, sarmoya muhitini yaxshilashni muhokama qilgan. Yevropa Ittifoqi O’zbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga qo’shilishini qo’llab quvvatlamoqda.

Biroq ichki vaziyat bilan yaqindan tanish huquqbonlar biror ijobiy o’zgarish yo’q deydi. O’zbekistonda navbatdagi majburiy mehnat kampaniyasi boshlangan.

O’zbekiston huquq himoyachilari alyansi rahbari Yelena Urlayeva deydiki, viloyatlarda shifokorlar, o’qituvchlar majburan, ommaviy ravishda paxta chopig’iga olib chiqilmoqda.

“Faollarimiz Qoraqalpog’iston, Qashqadaryodagi vaziyatni kuzatishmoqda. Biz Toshent viloyatidagi holatni o’rgandik. Aytishim mumkinki, Yangiyo’l, To’ytepa, Chirchiq, G’azalkent kabi tumanlardagi maktablar, shifoxonalar, davlat byudjetidagi boshqa ayrim korxonalar ham paxta chopig’iga jalb qilinmoqda. Odamlar juda ko’p, har kuni ertalab soat yettilarda yig’in bo’ladi. Unda tuman hokimiyati, sog’liqni saqlash va xalq ta’limi boshqarmalari qatnashadi. Bu kampaniya hukumat tomonidan tashkillashtirilgan. Maktablarda o’qish to’xtatilmagan, ammo o’qituvchilarning 15 kunlab chopiqqa olib ketilayotgani o’quv jarayoniga ta’sir qiladi. Biz mamlakatda faoliyat yuritayotgan XMT guruhini bu faktlarga e’tibor qaratishga chaqiramiz, lozim bo’lsa, barcha ma’lumotlarni taqdim etamiz”, - deydi Urlayeva.

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMTning Mintaqaviy jinoyat va adolat bo'yicha tadqiqotlar instituti rahbari Jonatan Lukas bilan Markaziy Osiyoda kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy izlanishlar markazi o'chish yuzasidan kelishuvga imzo chekdi.

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra, Abdulaziz Komilovning Yevropa safari davom etmoqda.

Paxta chopig'iga olib chiqilayotgan odamlar
Paxta chopig'iga olib chiqilayotgan odamlar

Paxta chopig'iga olib chiqilayotgan odamlar
Paxta chopig'iga olib chiqilayotgan odamlar

Paxta chopig'iga olib chiqilayotgan odamlar
Paxta chopig'iga olib chiqilayotgan odamlar

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG