Breaking News

Tadqiqot: Yevropada musulmonlar soni o'sishda davom etadi


Niderlandiyaning Amsterdam shahridagi masjid, 2010-yil, 18-fevral

Yevropa davlatlari muhojirlarga eshiklarini yopayotganiga qaramay, mintaqada musulmonlar soni oshib borishi kutilyapti.

"Pyu" tadqiqot markazi o'tkazgan so'nggi so'rovga ko'ra, 2016-yil Yevropa jami aholisning 4,9 foizini musulmonlar tashkil etgan. Bu 2010-yilga qaraganda 1,1 foizga ko'p. 2014-yildan keyingi Suriya va Iroqdagi qochoqlar inqirozi ortidan Yevropada muhojirlar soni har yili yarim millionga oshib borgan.

So'rovda Yevropa Ittifoqining 28 davlati hamda Norvegiya va Shveysariya ishtirok etgan.

Tadqiqotda uch xil vaziyat o'rganilgan: 1) 2016 va 2050-yillar orasida hech qanday migratsiyaning ro'y bermasligi; 2) shu vaqt ichida o'rtacha migratsiya (qochoqlar qabul qilinmaydi, lekin boshqa sabablar bilan kelayotgan muhojirlar kirishi davom etadi) va 3) 2014-2016-yillarda ko'rilgan rekord ko'rsatkichli migratsiya oqimining davom etishi.

Birinchi vaziyat ro'y bersa, musulmon aholi yoshligi sababli ular soni o'sishda davom etadi va 2050-yilda borib musulmon yevropaliklar soni 7,4 foizni tashkil qiladi. Bu migratsiya 0 ga teng bo'lgan holatdagi ko'rsatkich.

Migratsiya oqimi o'rtacha bo'lsa, musulmonlar asr o'rtasiga borib qit'a aholisining 11,2 foizini tashkil etadi.

Agar migratsiya oqimi balandligicha qolsa, 2050-yilda musulmonlar soni ko'hna qit'ada 75 millionni tashkil etadi. Bu jami aholining 14 foiziga teng bo'ladi.

Musulmon muhojirlar mavzusi Yevropada nozik siyosiy masala hisoblanadi. Ularga qarshilik kuchaygan sari ayrim mamlakatlarda millatchi va o'ng qanot siyosiy partiyalar faoliyati jonlanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG