Breaking News

Yevropa Parlamenti kataloniyalik isyonkor siyosatchilarni daxlsizlikdan ayirdi


Karles Puchdemon
Karles Puchdemon

Yevropa Parlamenti deputatlari Kataloniya sobiq rahbari Karles Puchdemon va yana ikki safdoshini noiblik daxlsizligidan ayirdi. Biroq siyosatchilar deputatlik mandatini saqlab qoldi. Yashirin ovoz berish jarayonida qarorni 700 deputatdan kamida 400 nafari qo’llab-quvvatladi.

Xalqaro hayot – 9-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:48 0:00

Puchdemon va hukumatining sobiq rasmiylari 2017-yil oktabrida Kataloniya mustaqilligi bo’yicha referendum o’tishi bilan Ispaniyani tark etgan edi. Madriddagi markaziy hukumat referendumni noqonuniy deb, siyosatchilarni qidiruvga bergan, davlat mulkini talon-taroj qilishda, xalqni isyonga undashda ayblagan.

2019-yilda Puchdemon va safdoshi Toni Komin Yevroparlamentga deputatlikka saylandi, biroq qasamyod keltira olmadi, chunki buning uchun Ispaniyaga qaytib borish kerak edi.

Ispaniya hukumati isyonkor siyosatchilarni bir necha bor ekstraditsiya qilishga urinib ko’rdi, ammo bunga muvaffaq bo’lmadi. Endi ular deputatlik daxlsizligidan ayrilishi ketidan Madrid ekstraditsiyaga yana bir bor harakat qilib ko’radi. Puchdemon Belgiyada siyosiy boshpana olgani sabab uning taqdirini Belgiya sudi hal qiladi.

Kataloniyalik siyosatchi Strasburg sudiga shikoyat qilishini bildirdi. Puchdemon Yevroparlament qarorini sharhlarkan, Yevropa uchun qayg’uli kun deb atadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG