Breaking News

Shukrona kunidan keyin bozor qizidi


Shukrona kunidan keyin bozor
Shukrona kunidan keyin bozor

Noyabr oyining oxirgi payshanbasi AQShda Shukronalik kuni. Ertasiga esa, juma kuni, katta bozor. Chegirmalar eng yuqori foizda ekan, odamlar savdo qilishga oshiqadi.

Magazinlarda internetga qaraganda ko'proq chegirma bor. Odamlar internetda savdo qilishga o'tgan zamonda do'konlar bo'shab qo'lmagan. Bayramlar mavsumi ekan, millionlab amerikaliklar yilning eng katta bozorini qilish bilan ovora.

"Amazon" onlayn savdo tizimi ham bugun ulkan daromad qilgan. Buning hisobiga esa pochta xizmatiga talab oshgan.

Neshvill shahrida 500 dollarlik televizorni 280 dollarga xarid qilgan Viktor Mur uchun internetdan olinadigan narsa boshqa, bozordan olinadigani boshqa.

"Oldingidek uzun navbat ko'rmaysiz lekin narxlar dahshat", - deydi xaridor.

Yana bir amerikalik, Annetta Peluffo deydiki, uning uchun bugun iPhone olish asosiy maqsad edi. 250 dollarlik chegirma bilan iPhone 8 plus xarid qildi. Asl bahosi bu mahsulotning 1000 dollar atrofida.

Chegirmalar faqat bugun uchun emas - yangi yilgacha. Savdo bu mavsumda 15 foizgacha oshishi kutilmoqda.

Sietl shahri
Sietl shahri

"Amazon" umum daromadning yarmini olsa ajab emas, deydi mutaxassislar.

Bu tizimda savdo qilayotganlarning 50 foizga yaqini mahsulotni telefon orqali buyurgan. Bugunning o'zida kompaniya 640 million dollar savdo qilgan, o'tgan yilgidan 18 foiz ortiq.

Amerikaliklar 24-noyabr kuni internetda jami 2,9 milliard dollarlik bozor qilgan. O'tgan yilga qaraganda 18,3 foiz ko'proq.

Kelasi besh kun ichida aholining 69 foizi, 164 million odam, bozor qilishi mumkin.

Massachusetts shtati
Massachusetts shtati

Biznes tahlilchi Charlz Oshea:

"Xaridor uchun do'konga borish hamon qiziq. Ko'chalar mashinaga to'la. Internetda ham olishayapti, magazinlarda ham savdo qizigan".

20 yoshli talaba Kerri Vagner, Minnesota shtatidan:

"Biror narsa olmoqchi bo'lsam, ushlab ko'rishim kerak. Ko'z ko'rgani boshqa. Internetda ham ko'p narsa olasiz, lekin masalan texnologiyani magazindan olmasa bo'lmaydi".

Kerri kelgan savdo markazi ertalab ochilganida eshik oldida 2500 odam navbatda turgan edi. Ular soat 5 dan yig'ila boshlagan. Bunday hollarni asosan texnik asbob-uskunalar va apparatura sotadigan supermarketlarda ko'rasiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG