Breaking News

Xorijga surgun qilingan belaruslik faollar


Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Germaniyada

Belarusdan qo’shni Polshaga qochgan yoki surgun qilingan muxolif faollar va Lukashenko hukumati tanqidchilari Varshavada asoslangan “Belorussiya uyi”da ko’rishib turadi.

Xalqaro hayot - 2-dekabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:00 0:00

“O’zgarishlar ertagayoq bo’lishini kutmaymiz. Xayolparastlikdan yiroqmiz. Beloruslik muhojirlar to’lqini ayni paytda ulkan”, - deydi markaz direktori Ales Zarembyuk.

Belaruslik siyosiy faollarning aksariyati o’tgan yilgi prezident saylovidan so’ng avj olgan namoyishlarga qarshi zug’um natijasida qochgan. Ulardan biri sobiq madaniyat vaziri Pavel Latushko. Uning aytishicha, Lukashenko yaqin sharqlik migrantlarni Polsha chegarasida to’plash orqali Yevropaga bosim qo’yishga harakat qilmoqda.

“Lukashenko migrantlar yordamida ikkita maqsadga erishmoqchi. Birinchisi – Yevropa rahbarlarini o’zi bilan muloqotga majburlab, siyosiy izolyatsiyadan chiqishga umid qilyapti. Ikkinchi maqsad esa – inson huquqlarining poymol etilishi sabab joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalardan qutulmoqchi yoki hech bo’lmaganda, yangi sanksiyalarni to’xtatmoqchi”, - deydi Latushko.

Tahlilchilarning aytishicha, Lukashenkoga qarshi o’tgan yilgi saylovlardan keyingi yirik ommaviy noroziliklar va xavfsizlik kuchlarining siyosiy qatag’onlari uzviy bog’liq.

“Belarus rejimi uchun migratsiya inqirozi dunyo diqqatini mamlakat ichida bo’layotgan jarayonlardan chalg’itishning eng zo’r yo’lidir. Chunki repressiyalar, mantiqsiz sud jarayonlari va qamoqqa tashlashlar hamon davom etmoqda”, - deydi siyosiy tahlilchi Veronika Laputska.

Minsk qora ro’yxatida mustaqil jurnalistlar ham bor. Ko’plari mamlakatni tashlab chiqishga majbur bo’lgan.

“100 dan ortiq jurnalist Kiyevdan turib ishlayapti, yana yuzdan ziyodi men turgan Varshavada, ko’plar Vilnyusda. Belaruslik jurnalistlarni Belarusdan ko’ra xorijda topish osonroq”, - deydi “Belarus uchun Yevropa radiosi” direktori Dmitriy Lukashuk.

Biroq Polshaga surgun etilgan barcha ham siyosiy faol emas. Varshavadagi mana bu Belarus xalq xorida siyosatdan yiroq odamlar ham bor.

“Uyimni sog’indim. Bir kun qaytarmiz degan umid bilan yashayapman. Bu yerda hayotni yo’lga solish juda qiyin. Chunki bir haftaga bu yerdamizmi, ikki yilgami, bilmaymiz. Erkinlikdagi qamoqxona bu”, - deydi Galina ismli xor a'zosi.

Keti ko’rinmayotgan mavhumlik vatanga qaytish umidlarini so’ndirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG