Breaking News

Amerikada kichik shaharlar huvillab qolmoqda


Illinoys shtatida joylashgan Maunt Kerrol shahri
Illinoys shtatida joylashgan Maunt Kerrol shahri

Amerikaning ayrim shaharchalarida hayot kinolarda bo’rttirib ko’rsatiladi. Masalan, Illinoys shtatida joylashgan Maunt Kerrol shahri huvillab qolgan.

“Shaharda, asosan, keksalar qolgan. Yoshlarni ko’rmaysiz, ko’plari bu yerlarni tark etgan. Chunki ular uchun qiladigan ish qolmadi”, - deydi ilgari fabrikada ishlagan Rojer Brosho.

Brosho Amerikaning o’rta g’arbida joylashgan bu shaharchada 9 yoshidan beri yashaydi. U paytda Maunt Kerrolda hayot tamoman boshqacha edi, deydi u.

“1960-1970-yillar oxirida bu yerda ko’plab kiyim-kechak, poyabzal, asbob-uskuna do’konlari, sartaroshxonalar bo’lardi. Chikago markazi bo’ylab yurayotganday his qilardingiz o’zingizni”, - deydi u.

Yillar davomida odamlar kichik shaharlar va qishloqlardan katta shaharlarga ko’chishdi. 100 yil avval mamlakat aholisining yarmi kichik joylarda yashagan bo’lsa, bugun atigi 20 foizi.

So’nggi bir necha o’n yilda ayrim korxonalar xorijga ko’chirildi, ayrimlari esa avtomatlashtirilib, ishchi kuchiga ehtiyoj qolmadi.

“Ko’ngil g’ash. Do’konlar qolmadi, imoratlar bo’m-bo’sh. Arvoh shaharga o’xshab qoldi”, - deydi Rojer Brosho.

Hayot to’xtab qolgan bunday kichik shaharchalarga qayta jon kiritish oson emas.

“Kichkinaligimda ota-onam meni mana shu sartaroshxonaga olib kelardi. Ichkarida 13 mijozga xizmat ko’rsatishardi, yana 10 kishi navbat kutib o’rindiqda o’tirardi, o’zaro suhbat qilishardi”, - deydi Brosho.

Ammo uning o’zi Maunt Kerroldan ketmoqchi emas.

“Kichik shaharlarni yoqtiraman. Hayotimning so’nggi damlarigacha shu yerda qolaman”, - deydi Rojer Brosho.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG