Breaking News

Afg'on musiqachilari: Tolibon davriga qaytish yo'q


Afg'on musiqachilari: Tolibon davriga qaytish yo'q
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:38 0:00

Asrlar davomida Afg’oniston madaniyatining ajralmas qismi bo’lgan musiqa Tolibon hukmronligi davrida man etilgan edi. Jangari guruh bilan urushni tugatish bo’yicha muzokaralar oldinja siljir ekan, afg’on musiqachilarini yana xavotir bosgan. “Amerika Ovozi” Kobul ko’chalarida bo’ldi.

Musiqa insonga ruhiy ozuqa beradi. Bugun Kobulning har burchagida musiqa sadolari quloqqa chalinadi. Ammo Tolibon davrida tabla, afg’on rubobi yoki truba chalish taqiqlangan edi. Har qanday musiqa man etilgan edi.

Vaziyat 2001-yilda o’zgardi. Ammo musiqa shinavandalarining xavotiri shuki, Tolibon bilan hozirgi muzokaralar mamlakatni yana o’sha qorong’i davrga qaytarishi mumkin.

“Muzokarani olib borayotgan AQSh elchisi Halilzod bilan ham, afg’on hukumati bilan ham bu haqda gaplashganimiz yo’q. O’ylaymanki, ular xavotirimizdan xabardor. Muzokaralar tafsiloti aniq bo’lgach, bayonot beramiz”, - deydi Afg’oniston Milliy musiqa institutidan Ahmad Nosir Sarmast.

Kobulning musiqa markazi - Xarobod ko’chasi. Musiqiy asboblarni sotadigan va ta’mirlaydigan do’konlarni shu yerda topasiz. Tolibon hokimiyati davrida bu ko’cha jimjit bo’lgan.

Omma tinchlik muzokaralarini olqishlaydi. Ikkilanish bilan.

“Hukumat tinchlik olib kelsin, lekin bu tinchlik bizni ham o’z ichiga olishi kerak. Biz uning tashqarisida qolib ketmaylik. Musiqamiz orqali vatanni sevamiz”, - deydi Nosir Ahmad Hamohang.

Boshqa masalalar ham bor.

“Hukumat kelishuvda hamma narsani hisobga olishi kerak - musiqa, kino, xotin-qizlar huquqi, umuman barcha erkinliklar. Konstitutsiya avaylansin. Va albatta, hammamiz tinchlikka chanqoqmiz”, - deydi musiqiy asboblarni tuzatish ustasi Muhammad Ismoil.

“Eski zamonga qaytadigan bo’lsak, mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo’lamiz”, - deydi hofiz Vohid Shaydoiy.

Tinchlik hammaga kerak, lekin musiqachilar va ularning muxlislari sevimli an’analar yana taqiq ostiga tushishidan xavotir bildiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG