Dunyoning turli burchaklaridan sara fotolar ...
Bugungi dunyo suratlarda - 1-fevral, 2024

1
Myanmada ro'y bergan harbiy to'ntarishga uch yil to'lgan kunda Tailandda BMT idorasi qarshisida qon bo'yog'i surtilgan qo'lini ko'tarib namoyishga chiqqan shaxs, Bangkok.

2
Yevropa bo'ylab fermerlar yig'ilib mingga yaqin traktorlarda Bryussel avtomagistrallarini to'sib qo'ydi, Yevropa parlamenti binosiga tuxumlar bilan hujum qilib, rezina tutatib gulxanlar yoqdi.
Yevropa Ittifoqi liderlari Bryusselda to'plangan bir paytda yuzlab fermerlar norozilik namoyishiga chiqdi, Belgiya.
Yevropa bo'ylab fermerlar yig'ilib mingga yaqin traktorlarda Bryussel avtomagistrallarini to'sib qo'ydi, Yevropa parlamenti binosiga tuxumlar bilan hujum qilib, rezina tutatib gulxanlar yoqdi.
Fermerlar Yevropa liderlaridan soliqlarni kamaytirish, oshib borayotgan narxlarni nazorat qilish va arzon import tovarlari bilan ta'minlashni talab qilmoqda.

3
Fermerlarning norozilik namoyishi ortidan tozalik ishlari, Parij, Fransiya.

4
Hukumatning xususiy universitetlarga doir rejalariga qarshi chiqqan talabalar politsiyachilarga qarshilik ko'rsatmoqda, Afina, Gretsiya.