Breaking News

Futbol bo'yicha jahon chempionatiga start berildi


AQSh ishqibozlari o'z jamoasidan g'alabalar kutmoqda
AQSh ishqibozlari o'z jamoasidan g'alabalar kutmoqda

Janubiy Afrikada futbol bo'yicha Jahon chempionati boshlandi. Ochilish matchining hakami o'zbekistonlik Ravshan Ermatov. Bir oy davomida 32 jamoa jahon kubogi uchun bellashadi.

Janubiy Afrika ilk bor futbol bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Musobaqa Yoxannesburgdagi yangi ta'mirlangan stadionda Janubiy Afrika-Meksika o'yini bilan boshlandi. Ochilish matchiga o'zbekistonlik Ravshan Ermatov hakamlik qildi.

Turnirning ochilish marosimida Janubiy Afrika sobiq prezidenti, 91 yoshli Nelson Mandela qatnashishi kutilgan edi, biroq kecha 13 yashar chevarasi avtohalokatda nobud bo'lgach, Mandela ochilish marosimiga bormaslikka qaror qildi.

Zenani Jahon chempionatiga bag'ishlangan konsertdan uyga qaytayotganida avariyaga uchragan.

Kuzatuvchilarga ko'ra, Argentina, Braziliya, Ispaniya va Angliya jamoalarida kubokni qo'lga kiritish uchun imkoniyat bor.

Jahon chempionati haqida to'liq ma'lumotni Amerika Ovozi sahifasining Janubiy Afrika-2010 rubrikasidan olishingiz mumkin. Shuningdek, saytimizning bosh sahifasida ochilgan ijtimoiy so'rovda Jahon chempionatida qaysi jamoa g'olib chiqishi haqida bashorat qilishingiz mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG