Breaking News

Ekspertlar: Ekstremizmga qarshi kurashga fuqarolik jamiyati jalb qilinishi kerak


Nyu-York shahrining terrorga qarshi kurash bo'limi "Tayms" maydonini qo'riqlamoqda, 4-noyabr, 2016-yil.

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi maslahatchisi Mayls Teylorning aytishicha, terrorchilikka qarshi kurash jamoalar va xavfsizlik kuchlari o'rtasida aloqa o'rnatishdan boshlanishi kerak.

Terror hujumlarining oldini olishda muhim narsa xavflarni oldindan aniqlash va buning kaliti esa "o'zimizning jamiyatlarda", dedi Teylor. Unga ko'ra, jamiyatlar bilan doimiy aloqada bo'lish dunyo bo'ylab ekstremistlarning tomirini quritishga yordam beradi.

"Ekstremizm vakumda hosil bo'lmaydi; aksincha, u uyushgan jinoyatchilik, ijtimoiy beqarorlik va jinoiy to'dalar harakati kabi ijtimoiy tahdidlarga aloqador bo'ladi", -dedi u.

Keng qamrovli strategiya

AQSh so'nggi yillarda zo'ravon ekstremizmga qarshi kurash nomi ostida bir qator antiterror dasturlarini boshladi. Shu maqsadda mahalliy jamoatlar bilan aloqa o'rnatish, diniy yetakchilar, huquq-tartibot organlari, sog'liqni saqlash xodimlari, o'qituvchilar va ijtimoiy xizmat ishchilari bilan birgalikda ishlash kabi tashabbuslarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

2016-yilgi strategiya asosida Ichki xavfsizlik departamentining ma'lum qilishicha, jamoatchilik orasidagi hamkorlar zo'ravon ekstremizm tahdidini yaxshi tushunadi va imkon bo'lishi bilan uni to'xtatish uchun chora ko'rishga tayyor.

Kaliforniyaning San-Bernardino shahrida yuz bergan xuruj qurbonlari aks etgan surat-kollaj
Kaliforniyaning San-Bernardino shahrida yuz bergan xuruj qurbonlari aks etgan surat-kollaj

Zo'ravon ekstremizmga qarshi kurash faqat jihodchi guruhlar yoki biror to'da va mafkura bilan cheklanmagan, balki neo-natsistlar, ultra oq millatchilar va o'ta chap guruhlarni ham nishonga oladi.

Ammo bu tashabbusni amalga oshirish oson kechayotgani yo'q.

Tabiiy yo'l

Ekspertlar xulosasiga ko'ra, muammo uchun yechimlar turlicha va har bir holat alohida ko'rib chiqilishi kerak. Ekstremist guruhlarga qo'shilib ketishi mumkin bo'lgan odamlarga muqobil tanlov yo'llarini yaratish, nega ayrim ijtimoiy muhitlar ekstremizmga yetaklashi kabi savollarga javob topish shular jumlasidan.

Ekspertlar terror va ekstremizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik ham muhim ekaniga urg'u beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG