Breaking News

Trampning xulqi Melaniya tashabbusiga zararmi?


Melaniya Trampning "Be Best" kampaniyasi
Melaniya Trampning "Be Best" kampaniyasi

AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp turli davlat idoralarida yoshlar dasturini yurituvchi rasmiylar bilan uchrashib, internetda yoshlarga tahdid qilish, kiber-zo’ravonlikka qarshi kampaniyasini muhokama qildi.

Trampning xulqi Melaniya tashabbusiga zararmi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:32 0:00

“Bolalarimizni, keyingi avlodni ko’p o’ylayman. Ular bo’lajak shifokorlarimiz, hamshiralarimiz, o’q o’chiruvchilarimiz, oshpazlarimiz, olimlarimiz, o’qituvchilarimiz, generallarimiz, uchuvchilarimiz, dizaynerlarimiz, muxbirlarimiz, diniy faollarimiz”, - dedi Melaniya Tramp Oq uyda to’plangan mutasaddilarga.

Ushbu guruh sobiq prezident Jorj Uoker Bush tomonidan tuzilgan. Melaniya o’tgan yil mayida ”Be Best” yoki “Hammadan yaxshi bo’l” degan kampaniya boshlab, internetda zo’ravonlar, opioidlar suiiste’moliga qarshi kurash e’lon qilgan.

“Bu tashabbusni qo’llab-quvvatlayman. Maqsad xolis, ammo bu ish turmush o’rtog’i bo’lmish prezidentning g’ashiga tegishi aniq”, - deydi tahlilchi Ileyn Kamark.

Odatda prezident rafiqalarining tashabbuslari Oq uy ma’muriyati maqsadlarini targ’ib qilishga qaratilgan, biroq tanqidchilar nazarida, Melaniya Tramp qo’l urgan ish prezidentning ijtimoiy sahifalardagi jangovar xulqi sabab natija bermasligi mumkin. Masalan, Donald Tramp hafta boshida demokratlardan prezidentlikka ehtimoliy nomzod, sobiq vitse-prezident Jo Baydenni idroki past deb haqoratladi.

“Prezidentning o’zi dunyodagi eng katta zo’ravonlardan. Bundan hatto faxrlanadi ham, hujumlardan hech toymaydi”, - deydi Brukings instituti eksperti.

Tramp o’zi soxtakor deb bilgan matbuot organlarini Yangi Zelandiyadagi ommaviy otishmada uni ayblashayotgani uchun qoraladi. Terrorchi oq tanli g’oyalar tarafdori ekanini aytib, o’z bayonotida Trampni tilga olgan.

“Rahbarlar jamiyatimizda tobora kuchayib borayotgan bunday adovat holatlarini qoralashga mas’ul. Nafaqat o’tgan kungi ommaviy otishmani, balki har kungi siyosiy chiqishlarni ham. Qorani qora demaslik va unga qarshi chora ko’rmaslik mas’uliyatsizlikdir”, - deydi Vanderbilt universitetidan Jonatan Metsi.

Tanqidlarga qaramay, Melaniya Tramp o’z tashabbuslaridan voz kechmoqchi emas.

“Vaziyatni yaxshilash uchun imkoniyatlar talaygina. Bugungi uchrashuv – boshlanishi”, - dedi u.

U kampaniyasini tadbiq etishda davlat resurslaridan foydalanmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG