Breaking News

Uxandagi xorijiy talabalar hozirgi vaziyat haqida nima deydi?


Uxanda tezlik bilan ikki haftada qurib bitkazilgan yig'ma kasalxona. 11-aprel, 2020-yil.
Uxanda tezlik bilan ikki haftada qurib bitkazilgan yig'ma kasalxona. 11-aprel, 2020-yil.

Koronavirus Xitoyda tarqalishi ketidan 20 dan ortiq mamlakatlar Uxan shahridan fuqarolarini olib chiqdi. Biroq ayrim xorijiy talabalar qolishga qaror qildi yoki mamlakatni tark etishga qurbi yetmadi.

“Shu yerda qolganim yaxshi hozircha. Biror xato yuz bersayu, qaytib borsam, atrofimdagi odamlarga yuqtirishim mumkin”, - degan edi karantin boshida bangladeshlik talaba Jannatun Nahor.

Ikki oydan so’ng Uxanda karantin olib tashlandi. Talabalar o’z kechinmalari haqida hikoya qilarkan, vatanda epidemiya kuchaymoqda.

“Bu yerda vaziyat ancha yaxshilandi – 80-90 foizga. Ammo boshqa mamlakatlarni koronavirus qattiq urgan, jumladan vatanim Pokistonni ham. Yaqinlarim ahvolidan xavotirdaman”, - deydi Uxanda o'qiydigan bir talaba.

Ba’zilar Xitoydan chiqib ketishni xohlab, hukumatlaridan yordam so’ragan.

“Uxanda kasallanganlar soni keskin tushgani bilan hali ham o’zimizni xavfsiz deb bilmaymiz. Ancha tushkunlikka tushganmiz, ko’ngilda qo’rquv va xavotir kuchli. Pokiston hukumati Erondan 6000 ziyoratchini evakuatsiya qildi. Bizga ham yordam berib, Pokistonga olib ketishlarini so’rayapmiz”, - deydi yana bir talaba.

Biroq ayrim mamlakatlar fuqarolarini Uxandan qaytarishga ikkilanyapti. Ota-onalar xunob.

“Hukumatdan hayot va mamot o’rtasida qolgan farzandlarimizni mamlakatga qaytarishini talab qilamiz. Ular tushkunlikka tushib qolyapti”, - deydi Iqbol Avan ismli ota.

Ammo Jannatun Nahor kabi Uxanda qolishni afzal ko’rganlar vatanidagi oilasidan xavotirda.

“Qolganimga afsuslanmayman. Mamlakatimda ahvol yaxshimas. Aniq ma’lumot olishga qiynalyapman”, - deydi u.

Uxanda karantin bekor qilinishi bilan o’qish qachon jonlanishi ma’lum emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG