Breaking News

Fransiyada vaqtincha cheklovlar doimiy cheklovlarga aylanishi xavotiri mavjud


2015-yil yanvarida Fransiyada chiqadigan “Sharli Ebdo” satirik gazetasi terrorchilar hujumiga uchradi. Mamlakat bo’ylab so’z erkinligi uchun namoyishlar bo’lib o’tdi.

Xalqaro hayot - 23-iyun, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:06 0:00

O’sha yil noyabrida yana bir xuruj sodir etildi. Fransiya hukumati joriy etgan favqulodda holat ikki yil davom etdi. Terrorga qarshi qabul qilingan yangi qonun politsiyaga uylarni tintuv qilish, elektron vositalar yordamida kuzatuv olib borish kabi vakolatlarni kengaytirdi.

Hozir ham mamlakat favqulodda vaziyatga yuz tutmoqda. Bu gal sog’liqni saqlash bobida. So’nggi favqulodda vaziyatlarda hukumatni fuqarolik erkinliklarini muntazam ravishda cheklayotganlikda ayblayotgan inson huquqlari guruhlari bu jarayon davom etishidan xavotirda.

“Har gal favqulodda vaziyat paytida yangi qoidalar joriy etilib, so’ng bu qoidalar umumiy qonunga aylanishini yaxshi bilamiz”, - deydi Inson huquqlari ligasi yuristi Ari Alimi.

Bunday tanqidchilarning aytishicha, koronavirus pandemiyasi paytidagi karantinda jamiyatdagi mavjud tengsizliklar kuchaydi, jumladan odamlarni irqiga qarab ajratish da’volari hamda politsiya zo’ravonligi.

Bundan tashqari, virusga qarshi yangi texnologiyalar fuqaroning shaxsiy hayotiga daxlsizlik huquqlarini poymol etayotgani ham tilga olinmoqda. Masalan, jamoatchilikning karantin qoidalariga rioya qilayotganini nazorat qiluvchi dronlar. Shikoyatlar ketidan nazorat dronlari hozircha man qilindi.

Fransiya Yevropada birinchilardan virus yuqtirgan odamlarni kuzatuvchi smartfon ilovasini ishga tushirdi. Uni yuklash ixtiyoriy. Fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashuv holatlarini kuzatuvchi CNIL tashkiloti ilovaga qarshilik bildirmadi. Parlament ham ayrim munozaralardan so’ng uni ma’qulladi.

Hukumatning da’vo qilishicha, ilovadan maqsad odamlarni virusdan himoya qilish, ularning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarni yig’ish emas va bu holat boshqa favqulodda holatlar kabi vaqtinchadir.

Ayni damda koronavirus nazoratga olingani aytilar ekan, hukumat favqulodda choralar iyul oyida to’xtatilishini ma’lum qildi.

Biroq “StopCOVID” ilovasidan voz kechilmasligi ayilmoqda va bu tanqidchilarni xavotirga solyapti.

“Bunday choralar odamlarni boshqa vaziyatlarda, virusga aloqasi yo’q vaziyatlarda, masalan, siyosiy mavzudagi namoyishlarda kuzatishda qo’llanilishidan qo’rqamiz”, - deydi tanqidchilar.

Biroq aholining aksariyati bundan xavotirda emas. Bir milliondan ziyod odam ushbu ilovani yuklab olgan, garchi bu mamlakat aholisining ikki foizidan kami bo’lsa-da. So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, jamoatchilikning katta qismi karantinni qo’llab-quvvatlamoqda.

“Uyda o’tirish qoidalari o’ta qattiq emas, erkinliklarim cheklandi deb o’ylamayman. COVIDga qarshi muhim chora ekanini tushunaman”, - deydi Gilda ismli parijliklardan biri.

“Virus qurbonlari sonining oshishiga qarshi choralar bu. Biz uchun qilingan. To’g’ri qaror”, - deydi Xanay Volay ismli talaba.

Ayrim ekspertlar bu kabi ilovalar samarasini shubha ostiga qo’ymoqda. Ilovaga ishonadiganlar orasida ham ko’ngliga g’ulg’ula tushganlar bor.

“Asosiy savol shuki, hukumatingizga qanchalik ishonasiz? Agar ilova faqat COVID-19 davrida amal qiladi desak, COVID-19 hali ancha yil bizni tark etmasligi mumkin. Xavotirlar asosli va buni jiddiy qabul qilish kerak”, - deydi “Bruegel” tahlil markazidan Skot Markus.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG