Breaking News

Fransiya saylovida millatchi partiyalar kutilganidan yaxshi natija ko'rsatmadi


Marin Le Pen - millatchi "Milliy uyushma" (sobiq "Milliy front") partiyasi raisi
Marin Le Pen - millatchi "Milliy uyushma" (sobiq "Milliy front") partiyasi raisi

Fransiyada taniqli millatchi siyosatchi Marin Le Pen boshchiligidagi ”Milliy uyushma” partiyasi 20-iyun kuni bo’lib o’tgan mahalliy saylovlarning birinchi davrasida kutilganidan biroz kam ovoz to’pladi. Saylovgacha o‘tkazilgan ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, millatchi partiya Fransiyadagi 13 mintaqadan kamida birida hokimiyatni qo’lga olishi kerak edi.

Xalqaro hayot – 22-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:06 0:00

Ba’zilar mahalliy saylovlarni kelasi yili bo’ladigan prezident saylovlaridan oldingi repetitsiya sifatida ko’rmoqda. Le Pen amaldagi rahbar Emmanuel Makronning asosiy raqibi bo’lishi kutilmoqda.

Biroq o’tgan yakshanba kungi saylov natijalari har ikki siyosatchini ranjitdi. Makronning sentrist “Olg’a, Respublika!” partiyasi kutilganidan kam ovoz to’pladi. Millatchilar esa faqat bitta mintaqada g’alaba qozonishi mumkin. Sobiq transport vaziri Tyerri Mariani birinchi bosqichdan so’ng peshqadam.

“Ikkinchi bosqichda unga qiyin bo’ladi. Ba’zi saylovchilar ovoz berishga chiqmasligi mumkin. Raqiblarining tarafdorlari qanchalik faol bo’lishi ham muhim. “Milliy uyushma” nomzodining hukumatga aloqador partiyalar nomzodlarini mag’lub etishi qiyin”, - deydi Avinyon universitetida siyosatshunoslik professori Kristel Lagyer.

Sharqdagi Burgundiya-Fransh-Konte mintaqasida “Milliy uyushma” partiyasining mahalliy raisi Julyen Udul mahalliy kengash rahbari va sotsialistlardan nomzod Mari-Guyte Dyufaydan bir necha punkt ortda ketmoqda. Saylovchilarning mamlakat bo’ylab rekord darajada passiviligi kuzatilarkan, Udul tarafdorlarini saylovlarning kelayotgan yakshanba kuni bo’ladigan ikkinchi bosqichida faol bo’lishga chaqirmoqda.

“Uyda qolsangiz”, deydi u, “Makronga ovoz bergan bo’lasiz”.

Ushbu mintaqa Fransiyaning muhim sanoatlashgan markazi hisoblanadi. Chorchvachilik, vinochilik keng tarqalgan, eng yaxshi pishloqlar shu yerda tayyorlanadi.

“Fransuzlarning aksariyati Marin Le Pen va “Milliy uyushma” partiyasi har bir mavzuda haq bo’lganini tushunib yetyapti. Immigratsiya, xavfsizlik, islomiylik, tibbiy xizmatlar yetishmovchiligi kabi masalalarda haq bo’lib chiqdik”, - deydi Julyen Udul.

Uning raqiblari “Milliy uyushma” odamlarni laqillatayotganini aytadi. Saylov kampaniyasida jinoyatchilik va immigratsiyaga qarshi kurashga va’da berishgan, biroq bu masalalar yechimi mintaqaviy kengash qo’lida emas, deydi ular.

“Biz Monbelyarda iqtisodiy ma’noda og’ir kunlarni kechirdik va “Milliy uyushma” shunga urg’u beryapti. 40 yil oldin “Pejo” avtomobil zavodida 42 ming odam ishlar edi, hozir esa 5000 qolgan”, - deydi Sotsialistlar partiyasidan qonunchi Erik Lankon.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG