Breaking News

Fransiyada COVID-19 dan eng ko'p jabr ko'rgan toifa - musulmon muhojirlar


France Muslims
France Muslims

“Reyter” axborot agentligining tahlil qilishicha, Fransiyada musulmonlar COVID-19 dan eng ko’p jabr ko’rgan toifaga kiradi.

Xalqaro hayot – 18-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:18 0:00

Parijlik Mamadu Diaguraga otasini yo’qotgan. Shahar chetidagi qabristonga tez-tez borib turadi.

“Otam bu yerga birinchilardan ko’milgan. Bir yil ichida qabriston to’lib qoldi. Bunga ishonish juda qiyin. Karantin tufayli qarindoshlarimizni ko’rish uchun kasalxonaga bora olmaymiz, marosimlarimizni to’liq o’tkaza olmaymiz, qabriston 2-3 oyga hatto yopiq edi, dafn marosimlarida ham odamlar sonini cheklab qo’yishdi”, - deydi u.

Yevropaning eng ko’p musulmon aholisi Fransiyaga to’g’ri keladi. Biroq mamlakatda hamma ham bu toifa chekayotgan jabr ko’lamini bilmaydi. Chunki Fransiya qonuniga ko’ra, elat va e’tiqodga qarab ma’lumot yig’ish mumkin emas.

“Reyter” agentligi olib borgan mustaqil izlanish natijasi ayanchli manzarani keltirib chiqardi.

Masalan, ma’lum bo’lishicha, 2020-yilda koronavirusdan Fransiyada o’lgan odamlar orasida, asosan, Shimoliy Afrikada tug’ilgan musulmonlar Fransiyada tug’ilgan odamlardan ikki baravar ko’p bo’lgan.

Mahalliy bir musulmon uyushmasining rahbari Muhammad Hennishe buning sababini tushuntiradi.

"Ular musulmon bo’lgani uchun emas, ijtimoiy sinfning quyi tabaqasiga tegishli bo’lgani uchun shunday bo’ldi. Aksariyat fuqarolarimizda uydan ishlash imkoni bo’ldi, ammo farrosh, chiqindi to’plovchi, kassir uydan ishlay olmaydi. Ular ijtimoiy kelib chiqishi sabab pandemiya bilan old qatorda yuzlashdi. Ular ko’chada yurishga, jamoat transportidan foydalanishga, odamlar bilan aloqada bo’lishga majbur bo’ldi. Ular qilayotgan ishlar aloqada bo’lishni talab qiladi, shu sababdan ular katta talafot ko’rdi”, - deydi faol.

COVID-19 pandemiyasining ozchilikdagi guruhlarga salbiy ta’siri haqida ko’plab boshqa tadqiqotchilar ham izlanish olib borgan.

Bu o’rtada Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteks 2020-yil oxirida joriy etilgan tungi komendant soati 20-iyunda bekor qilinishi haqida e’lon qildi.
Hukumat cheklovni avval 30-iyunda olib tashlamoqchi edi.

Kasteksning aytishicha, yaqin orada koc’hada niqob taqish ham majbur bo’lmaydi.

"Baxtli daqiqalarga, normal hayotga qaytyapmiz. Buning uchun hammaga minnatdorchilik bildiraman. To’g’ri yo’ldan ketyapmiz”, - dedi Kasteks.

Ikki oy oldin mamlakatda kuniga 40 ming odam koronavavirusga chalinardi, hozir bu raqam 3500 ga tushgan.

Sog’liqni saqlash mutasaddilariga ko’ra, Fransiya holatida bu raqam 5000 mingdan oshmasa, pandemiya nazoratga olinganini anglatadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG