Breaking News

"Ozodlik uyi" "O'tish davridagi davlatlar" reytingini chop etdi


Freedom House logo

Vashingtonda joylashgan “Freedom House”, ya’ni “Ozodlik uyi” tashkiloti so’nggi 23 yildan beri har yili “O’tish davridagi davlatlar” reytingini tuzib chiqadi. Unda, asosan, Sovet Ittifoqi qulashi ketidan Sharqiy Yevropada haqiqiy mustaqillikka erishgan mamlakatlar hamda sobiq Sovet respublikalaridagi ahvol o’rganiladi.

"Ozodlik uyi" "O'tish davridagi davlatlar" reytingini chop etdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:49 0:00

Shu hafta 2018-yil reytingi e’lon qilindi. “Freedom House” 29 mamlakatni maxsus jadvalga joylashtirgan va ularga demokratik taraqqiyot ko’rsatkichlariga qarab ballar berilgan. Yangi reytingdan ko’rinib turibdiki, 29 mamlakatdan 19 tasi o’tgan yilga qaraganda pastroq ballar to’plagan, ya’ni qaysidir ko’rsatkichlar bo’yicha ahvol yomonlashgan.

Masalan, Polshada adliya tizimining hukumat nazoratiga o’tkazilgani, Vengriyada Prezident Viktor Orbanning millatchi siyosatga zo’r bergani, Serbiyada Prezident Aleksandr Vuchich hokimiyatini kuchaytirgani bu mamlakatlarning jadvaldagi o’rnilariga putur yetkazdi.

Umumiy xulosa shuki, bu mamlakatlarda liberal g’oyalardan voz kechilmoqda, millatchi siyosatchilar va partiyalar kuchaymoqda. AQShda Donald Trampning saylanishi, Germaniya, Italiya, Fransiyada millatchi partiyalarning saylovlarda oldingidan ko’proq ovoz olishi liberalizmning so’nggi kunlaridan dalolat, deydi ba’zilar. Ayniqsa Yevropada Afrika va Yaqin Sharqdan chiqgan migrantlarning ko’payishi mahalliy aholini xavotirga solmoqda, migrantlarni qabul qilgan liberal hukumatlarga ishonch yo’qolmoqda.

Hisobotda O’zbekiston ham tilga olinadi. Ilk bor unga ijobiy baho berildi. “Ozodlik uyi” O’zbekistonni hatto yorug’ nuqta deb atadi. Bunga Islom Karimovning vafoti ketidan yangi rahbar Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar sabab qilib ko’rsatilmoqda. Bir paytlar boshqa mamlakatlarga o’rnak sifatida ko’rsatilgan Gruziya, Ukraina, Qirg’iziston esa avtoritarizm tomon harakatlanayotgani ta’kidlanadi.

Hisobotda aytilishicha, O’zbekiston o’tmishi bilan xayrlashmoqda. Mamlakatda siyosiy munozara, bahslarga yo’l ochildi. Muxolifat yetakchilarining ayrimlari hali ham qamoqda, ayrimlari esa xorijda bo’lganiga qaramay, o’zgarishlarga umid bor.

“O’tish davridagi davlatlar” jadvalda demokratiyani belgilovchi qator omillarga qarab joylashtirilgan. Bular saylov jarayoni, fuqarolik jamiyatining roli, mustaqil matbuot o’rni, adliya tizimining mustaqillik darajasi, mahalliy hukumatlar faoliyati, korrupsiya ko’lami. Har bir mamlakatda mana shu omillar hisobga olinib, har bir mamlakatga ball beriladi.

O’zbekistonda hukumat fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikka ochilgani, mahalliy faollarni Xalqaro mehnat tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuvga taklif etgani, 2011-yilda Toshkentda idorasini yopishga majbur bo’lgan inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Human Rights Watch tashkilotini O’zbekistonga qayta da’vat etgani, ijobiy o’zgarishlar sifatida ko’rilmoqda.

Shuningdek, hisobotda o’zbek matbuotidagi ochiqlik, davlat xizmatchilarining matbuotda tanqid qilinishi, dolzarb muammolarning televideniyeda muhokama etilishi, oldin yopiq sanalgan mavzular – ya’ni, majburiy mehnat, qiynoqlar, muxolifatga doir mavzularning tilga olinishi shubhasiz demokratiya tomon tashlangan qadamlar, deyiladi hisobotda.

O’zbekistonga bu o’zgarishlar va islohotlar uchun jadvalda ko’p ball berilmagan, chunki islohotlarning umri ko’pchilikni qiziqtirmoqda. Ular davom etib, chuqurlashadimi yoki bir joyga borganda to’xtab qoladimi, ortga chekinish kuzatiladimi? Agar ijobiy trend davom etsa, kelasi yilgi jadvalda O’zbekiston mavqeini yanada yaxshilab olishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Odil Ruzaliev

    Odil O'zbek xizmatiga 2005-yilda kelgan. Diktor va prodyuser. AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) xalqaro aloqalar sohasida magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekiston TV 1-kanalida ingliz tilidagi yangiliklar – FCN (First Channel News) – ko'rsatuvining muallif-boshlovchisi edi. "Axborot" dasturida mehnat qilgan. Odil ko'p yillar AQShning Toshkentdagi elchixonasi axborot bo'limida ishlagan. O'zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan qator maqolalar muallifi. Farg'ona shahrida tug'ilgan.

    Odil Ruzaliev is a reporter, radio and TV anchor, web editor and producer for Voice of America’s Uzbek Service since 2005. Prior to joining VOA, he worked at the State Radio and TV of Uzbekistan, BBC International’s Central Asia region, and was a regular Contributor for CNN World Report. He has also worked as an Information Assistant at the US Embassy in Tashkent, Uzbekistan. He was the creator and host of the TV program First Channel News, Uzbekistan’s first English language news broadcast. In his spare time he is a freelance photographer. A native of Ferghana Valley, Uzbekistan, Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. In addition, he was an exchange student at Pace University in New York City and holds a master’s degree in international affairs from the Fletcher School of Law and Diplomacy at Tufts University in Medford, Massachusetts.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG