Breaking News

Xabarovsk gubernatorining hibsga olinishi namoyishlarga sabab bo'ldi


Xabarovskdagi namoyishlardan biri
Xabarovskdagi namoyishlardan biri

So’nggi bir oy Rossiyaning Uzoq Sharqi ham namoyishlarga guvoh bo’ldi. Mahalliy aholi ularning mehrini qozongan gubernatorning hibsga olinganiga norozilik bildirdi.

“Hamma joyda bo’lgani kabi biz ham ozodlik talab qilyapmiz”, - deydi Vitaliy Blajevich ismli xabarovsklik namoyishchilardan biri.

2018-yil sentabrida Xabarovsk o’lkasida gubernatorlikka saylangan sobiq qonunchi Sergey Furgal 20-iyul kuni 15 yil oldin sodir etilgan qotillikka aloqadorlik gumoni bilan hibsga olindi, Prezident Putin esa uni lavozimidan bo’shatdi.

Furgal hozir Moskva hibsxonasida sudini kutmoqda. Xabarovskdagi kuzatuvchilar uning nega aynan hozir hibsga olinganini tahlil qilmoqda.

“Nega oldin bu ishni qo’zg’atishmagan? Nega xavfsizlik xizmatlari hozir bu ishga qiziqish bildirishdi? O’tgan yoki undan oldingi yil voqeasimas bu. 15 yil oldingi voqea”, - deydi tahlilchi Yevgeniy Chadayev.

Furgal mamlakatda Vladimir Putinga hokimiyatda uzoqroq qolishga imkon beruvchi konstitutsion referendum o’tkazilgan bir paytda hibsga olindi.

Ovozlar soxtalashtirilgani haqidagi da’volarga qaramay, konstitutsion tuzatishlar qabul qilindi. Biroq Furgal boshliq o’lkada berilgan ovozlar natijalariga ko’ra, mahalliy saylovchilar tuzatishlarni unchalik qo’llab-quvvatlamagan.

Putin Furgalga ishonch yo’qolganini aytib, uning o’rniga mintaqada deyarli notanish Mixail Degtyarevni tayinladi.

Biroq xabarovskliklarning aytishicha, Putinning ular saylagan odamni ishdan olishga haqqi yo’q edi.

“Bizning gubernatorga ishonch bo’lmasa, prezidentga ham ishonch yo’q”, - dedi ulardan biri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG