Breaking News

"Katta Yigirmalik" Afg'onistonga gumanitar yordam berishga ahd qildi


"Katta Yigirmalik"ning favqulodda virtual majlisi

“Katta Yigirmalik” tashkilotiga a’zo mamlakatlar seshanba kuni favqulodda majlis o’tkazib, qish kirmasidan Afg’onistonda millionlab odamlarga zudlik bilan gumanitar yordam berishga kelishib oldi.

Xalqaro hayot – 13-oktabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:25 0:00

“To’yib ovqatlanmaslikdan 3 millionga yaqin bola azob chekishi kutilmoqda, shulardan bir millioni hayoti uchun kurashadi”, - dedi YUNISEF tashkilotining Afg’oniston bo’yicha vakili Salom al-Janabiy.

BMTga ko’ra, afg’on iqtisodiyotini tiklash va gumanitar ofatning oldini olish uchun milliardlab dollar pul kerak. “Katta Yigirmalik” a’zolari mavzuni virtual ravishda muhokama qildi.

“Ilk bor davlat rahbarlari afg’on inqiroziga baralla javob berdi. Afg’oniston yana xalqaro terrorchilar iniga aylanmasligi uchun unga yordam berish uchun murosaga kelishildi”, - dedi Italiya Bosh vaziri Mario Dragi.

Yevropa Ittifoqi Afg’oniston va qo’shni davlatlar uchun 1,2 milliard dollar ajratishni va’da qilgan. Yordam Afg’onistonda ishlayotgan xalqaro tashkilotlar orqali taqsimlanadi. AQSh bungacha 330 million dollar ajratishga so’z bergan edi. Prezident Jo Baydenning majlis ishtirokchilariga aytishicha, yordam pulini Tolibonga berib bo’lmaydi.

Germaniya Kansleri Angela Merkelga ko’ra, Afg’nonistonda ayollar va qizlar huquqlari ta’minlanmas ekan, harakatni tan olish kerak emas.

“Buni oldin ham aniq aytganman: Tolibon hukumatida boshqa siyosiy guruhlardan birorta vakil yo’q. Tolibonni tan olish masalasi shu sabab ko’ndalang turgani yo’q”, - dedi u.

Tolibon tashqi ishlar vaziri harakat xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni o’rnatish tarafdori ekanini aytdi.

“Bizga nisbatan kuch ham, bosim ham qo’llandi, ammo natija chiqmadi. Biz muzokara va kelishuv yo’lini tanlayapmiz”, - dedi Amir Xon Muttaqiy.

Oddiy afg’onlar uchun hayot kun-sayin og’irlashmoqda. Naqd pul yo’q, bizneslar yopiq, odamlar ishsiz o’tiribdi, maoshlar to’lanmayapti. Mojarolar va qurg’oqchilik oqibatida narx-navo keskin oshgan.

“O’tkir to’yib ovqatlanmaslikdan qiynalayotgan ko’plab bolalar uchun hayot-mamot masalasi bu. Siyosatni chetga surib, oddiy insonlarga yordam berishimiz kerak, gumanitar masala ustuvor bo’lishi lozim. Shundan keyin boshqa masalalar ustida o’ylansa ham bo’ladi”, - dedi Janabiy.

Tolibon va G’arb hukumatlari vakillari Qatarda Afg’onistonga gumanitar yordam yetkazish haqida gaplashmoqda. Oy oxirida “Katta Yigirmalik” rahbarlari Rimda yuzma-yuz uchrashib, mavzuni yana muhokama qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG