Breaking News

"Katta Yigirmalik" rahbarlari koronavirusni onlayn muhokama qildi


AQSh Milliy Gvardiyasi askarlari joy muammosi bilan yuzlashayotgan kasalxonalarga yengillik yaratish maqsadida Nyu-York shahridagi majlislar markazini vaqtincha tibbiy muassasaga aylantirgan.

Xalqaro hayot – 27-mart, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:32 0:00

AQSh koronavirus yuqtirganlar soni bo’yicha boshqa mamlakatlardan o’zib ketganiga qaramay, Prezident Donald Tramp statistikaga jiddiy e’tibor bermaslikka chaqirdi.

“Tibbiy ko’riklar bizda ko’p bo’lgani uchun shunday bo’lyapti. Xitoyda kasallarning haqiqatda qanchaligini bilmaymiz”, - dedi u.

26-mart kuni Tramp va Katta Yigirmalik guruhiga a’zo boshqa davlatlar rahbarlari video aloqa qilib, pandemiyani muhokama qilgan.

“Turli fikrlar olg’a surildi, yaxshi fikrlar. Birga ishlayapmiz. 151 mamlakatdagi muammoni muhokama qildik”, - dedi Tramp.

AQSh rahbari iqtisodiyotni tiklash uchun ayrim cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi. Biroq sog’liqni saqlash sohasi mutaxassislari odamlar o’rtasida masofani saqlashga doir cheklovlarni hali-beri yumshatmaslikka chaqirmoqda.

“Avval infeksiya susayayotganiga guvoh bo’laylik, shundan so’ng cheklovlarni yumshatsak ham bo’ladi. Bu orada yangi bemorlarni tez aniqlab, karantinga qo’yish rejasini tatbiq etishimiz zarur”, - dedi Vashingtondagi Jons Xopkins universitetining Sog’liqni saqlash fakultetidan Jennifer Nuzzo.

AQShda kasallanganlar soni 85 mingdan oshgan, 1300 odam o’lgan.

Katta Yigirmalik rahbarlarining virtual uchrashuvi so’nggida qabul qilingan bayonotda aytilishicha, dunyo iqtisodiyotini jonlantirish uchun 5 trillion dollardan oshiq pul sarmoya qilinadi, sog’liqni saqlashga doir ma’lumot almashinib turiladi, izdan chiqqan savdo masalalari muhokama etiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG