Breaking News

"Katta Yettilik" vazirlari global muammolarni muhokama qilmoqda


Majlis paytida

Dunyoning rivojlangan 7 mamlakati tashqi ishlar vazirlari Londonda to’planib, so'nggi ikki yilda ilk bor yuzma-yuz ko'rishdi. Ikki kun davomida Xitoy va Rossiya bilan munosabatlar, Myanmada davlat to’ntarishi, Suriya mojarosi va Afg’onistondagi vaziyat etiladi.

Xalqaro hayot – 4-may, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:23 0:00

Britaniya Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, vazir Dominik Raab demokratiya, erkinliklar va inson huquqlariga tahdid solayotgan geosiyosiy masalalar muhokamasini olg’a suradi.

Hafta boshida AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashgan Raab “Katta Yettilik”ka a’zo mamlakatlarni Myanmada harbiy xuntaga aloqador shaxslar va tashkilotlarni qo’ra ro’yxatga qo’shishga, qurol embargosini joriy etishga, Myanma xalqiga gumanitar yordamni oshirishga chaqirishi kutilmoqda.

“Myanmada zo’ravonliklarga barham berilishini istaymiz. Harbiy rejim demokratiyani hamda Myanma xalqi saylov orqali tanlagan hukumatni tiklashini istaymiz. Britaniya kompaniyalariga Myanma harbiylari nazoratidagi bizneslar bilan ish qilmaslikni tavsiya qilganmiz”, - deydi Britaniya tashqi ishlar vaziri.

Blinkenning aytishicha, Koreya yarimorolini yadrodan xoli qilish maqsadiga erishishda Qo’shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan diplomatik muloqotga tayyor. Bir necha oylik tuzatishlardan so’ng AQSh yaqinda Shimoliy Koreya bo’yicha siyosatini yangiladi.

Yangi siyosat doirasida Shimoliy Koreyadagi inson huquqlari bilan bog’liq vaziyat bo’yicha maxsus vakil lavozimi joriy etiladi.

“Katta Yettilik”ka a’zo mamlakatlar rahbarlari ham keyingi oy Londonda uchrashadi.

"Hozirgi siyosatimiz amaliy yondashuvdan iborat bo’lib, Qo’shma Shtatlar, ittifoqchilarimiz va mintaqadagi qo’shinlarimiz xavfsizligini oshirish maqsadida Shimoliy Koreya bilan diplomatik muloqotni o’z ichiga oladi”, - dedi Blinken.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG